Al-Hakam ibn Abu al-Os
Al-Hakam ibn Abu al-Os | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Makka |
Vafoti | milodiy 655-yil (hijriy 56) |
Turmush oʻrtogʻi |
Omina bint Alqama ibn Safvon Mulayka bint Avfa Ummu Nuʼmon bint al-Horis ibn Abu Amr al-Boʼisa bint Hoshim ibn Utba ibn Robiʼa |
Munosabatlari | Banu Umayya (urugʻ) |
Bolalari |
|
Ota-onasi |
Abu al-Os ibn Umayya (otasi) Ruqayya bint al-Horis (onasi) |
Al-Hakam ibn Abu al-Os ibn Umayya (arabcha: الحكم بن أبي العاص بن أمية) (milodiy 655-yilda (hijriy 56) vafot etgan) – Umaviylar sulolasining marvoniylar avlodi asoschisi Marvon I ning otasi (h. 684–685) va xalifa Usmon ibn Affonning amakisi (h. 644–656). Al-Hakam Islom paygʻambari Muhammadning ashaddiy raqibi sifatida tanilgan, 630-yilda Makka shahri egallab olinganda surgun qilingan. Keyinchalik esa xalifa Usmon tomonidan avf etilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Hakam Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan Abu al-Os ibn Umayya va Banu Maxzum urugʻidan Ruqayya binti al-Horisning oʻgʻli boʻlgan[1]. Uning ota tomonidan bobosi Umaviylar sulolasining avlodi edi.
Omina binti Alqama ibn Safvon al-Kinoniya oʻzining oʻgay ukasi Affon ibn Abu al-Osdan ajrashganidan keyin al-Hakamga turmushga chiqqan[2]. Ularning Marvon ismli oʻgʻli boʻlgan, keyinchalik u 684-685-yillarda Damashq xalifasi boʻlgan[2]. Al-Hakam toʻrt nafar xotinidan kamida yigirma hatto katta ehtimol bilan oʻttiz nafardan ortiq farzand koʻrgan[1]. Omina binti Alqamadan Marvondan tashqari Usmon al-Azroq, al-Horis, Abdurrahmon, Solih ismli oʻgillari, Umm al-Banin va Zaynab ismli qizlari bor edi. Ikkinchi xotini Gʻatafan qabilasining Banu Murra urugʻidan Mulayka binti Avfodan Yahyo, Abon, Usmon al-Asgʻar, Habib, Amr ismli oʻgʻillari hamda Ummu Yahyo, Zaynab, Ummu Shayba, Ummu Usmon va Ummu Salama ismli qizlari boʻlgan[1]. Uchinchi xotini Banu Saqif qabilasidan Ummu an-Nu’mon binti al-Horis ibn Abu Amrdan Nu’mon, Avs, Suhayl va Amr ismli oʻgʻil farzandlar hamda Ummu Abon, Umoma, Ummu Amr va Umm al-Ummu ismli qiz farzand koʻrgan. Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan boʻlgan al-Boisa binti Hoshim ibn Utba ibn Rabi’a oʻgʻli Yusufning onasi edi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Hakam Islom paygʻambari Muhammadga qattiq qarshilik koʻrsatgan va shu sabali Makka bosib olingan vaqtda yaqin atrofdagi Toif shahriga surgun qilingan[3]. IX asr tarixchisi at-Tabariyning soʻzlariga koʻra, paygʻambar Muhammad keyinroq al-Hakamni avf etgan va unga oʻz ona shahriga qaytishga ruxsat bergan[3]. Biroq IX asr tarixchisi Yaʼqubiy bergan maʼlumotlarga koʻra al-Hakamga Makkaga qaytishga jiyani xalifa Usmon (h. 644–656) ruxsat bergan. Bundan oldin al-Hakamning Makkaga qaytish toʻgʻrisidagi iltimosi xalifalar Abu Bakr (h. 632–634) va Umar (h. 634–644) tomonidan rad etilgan[4]. Xalifa Usmon oʻz qarindoshlariga alohida mehr koʻrsatdi va al-Hakamni Umaviy qarindoshlari Abu Sufyon, Al-Volid ibn Uqba va Banu Hoshim urugʻi aʼzosi Abbos ibn Abdulmuttalib bilan birgalikda ularning Madina taxtiga oʻtirishlariga ramziy ravishda hurmat koʻrsatgan[5]. Al-Hakam 655-yillarda (hijriy 56) vafot etgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Marsham 2022.
- ↑ 2,0 2,1 Donner 2014.
- ↑ 3,0 3,1 Humphreys 1990.
- ↑ Gordon 2018.
- ↑ Madelung 1997.
- ↑ Sears 2003.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Donner, Fred „Was Marwan ibn al-Hakam the First “Real” Muslim“, . Genealogy and Knowledge in Muslim Societies: Understanding the Past Savant: . Edinburgh University Press, 2014. ISBN 978-0-7486-4497-1.
- Madelung, Wilferd. The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge: Cambridge University Press, 1997. ISBN 0-521-56181-7.
- Sears, Stuart D. (March 2003). "The Legitimation of al-Hakam b. al-'As: Umayyad Government in Seventh-Century Kirman". Iranian Studies (Taylor & Francis) 36 (1): 5–25. doi:10.1080/021086032000062587.
- Gordon, Michael. The Works of Ibn Wāḍiḥ al-Yaʿqūbī (Volume 3): An English Translation. Brill, 2018. ISBN 978-90-04-35619-1.
- Marsham, Andrew „Kinship, Dynasty, and the Umayyads“, . The Historian of Islam at Work: Essays in Honor of Hugh N. Kennedy. Leiden: Brill, 2022 — 12–45-bet. ISBN 978-90-04-52523-8.