Akebia quinata
Akebia quinata, odatda shokoladli tok, besh bargli shokoladli tok,[1] yoki besh bargli akebiya sifatida tanilgan, vatani Yaponiya, Xitoy va Koreya, AQShning sharqiy qismida Jorjiya, Michigan, Massachusetsgacha boʻlgan hududda oʻsadi[2][3][4]. Akebia quinata koʻpincha tepaliklarda, toʻsiqlarda, daraxtlarda, oʻrmon chetlari va daryolar boʻyida va togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi[5].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akebia quinata togʻda oʻsuvchi doimiy yashil buta boʻlib, boʻyi 10 metrgacha yetadi. Barglari uchida tishli beshta ellips yoki obovatsimon varaqlardan iborat palmasimon murakkab shaklda[6]. Poyalari yasmiqsimon kulrang-jigarrang rangda[5]. Gullari shokolad xidli, gulbandda toʻplangan uch yoki toʻrtta gulbardan iborat. Mevalar kolbasa shaklidagi dukkaklar boʻlib, meva eti isteʼmol qilinadi[2][7].
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meva tarkibida oq ajdar mevasiga oʻxshash shirin yumshoq eti mavjud boʻlib, asosan Yaponiyada isteʼmol qilinadi. Bir oz achchiq taʼmga ega qobigʻi ziravor sifatida ishlatiladi[8]. Poyalari savat toʻqishda ishlatiladi.
Oʻsimlik poyasida taxminan 30 % kaliy tuzlari mavjud boʻlib, diuretik taʼsirga ega[9] ]
Meva anʼanaviy xitoy tabobatida siydik yoʻllari infektsiyalari, laktatsiya jarayoni buzilishi va revmatoid artritni davolash uchun foydalaniladi.
Kultivatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akebia qurgʻoqchilikka chidamli boʻlsa-da, yaxshi drenajli qumli tuproqlarni va muntazam sugʻorishni afzal koʻradi[10]. Baʼzi hududlarda oʻsimlik invaziv turlardan saqlanish kerak[11][12]. Bu tur butun Buyuk Britaniya va Yevropada (-15 dan −20 ° C gacha) haroratga chidamli oʻsimlik hisoblanadi[6]. AQShda u 4-9 chidamlilik zonalarida oʻsadi[13].
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akebia soʻzi yapon tilidagi „akebi“ dan kelib chiqqan[14].
Quinata soʻzi „beshga boʻlingan“ degan maʼnoni anglatadi[14].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Ibuki tog'idagi urg'ochi gul va 5 ta erkak gul
-
Meva
-
Eskiz
-
Gul qismlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ English Names for Korean Native Plants. Pocheon: Korea National Arboretum, 2015 — 345-bet. ISBN 978-89-97450-98-5. Qaraldi: 2016-yil 25-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 Levy-Yamamori, Ran. Garden Plants of Japan. Timber Press, 2004. ISBN 0-88192-650-7. Qaraldi: 2009-yil 5-aprel.
- ↑ „Akebia quinata“. Flora of China. Qaraldi: 2009-yil 5-aprel.
- ↑ „Flora of North America vol 3“. Efloras.org. Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ 5,0 5,1 Thompson. „Akebia quinata (five-leaf akebia)“. CABI Invasive Species Compendium (2019-yil 22-noyabr). 2017-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 „Akebia quinata | chocolate vine/RHS Gardening“ (en-gb). www.rhs.org.uk. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
- ↑ „Decaisne, Joseph. Archives du Muséum d'Histoire Naturelle 1: 195, pl. 13a. 1839“. Biodiversitylibrary.org (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ taken from ja:アケビ (2011.11.3(Thu) 12:08)
- ↑ Reid, Daniel (2001), „A Handbook of Chinese Healing Herbs“, Tuttle Publishing, ISBN 962-593-988-1. Retrieved on 2009-05-20.
- ↑ „Akebia quinata (Chocolate Vine)“.
- ↑ „PlantFiles: Akebia Species, Chocolate Vine, Five-Leaf Akebia, Raisin Vine“.
- ↑ „Chocolate-Scented Flowers Make Akebia Vine Unique“.
- ↑ „Five Leaf Akebia Info“. www.gardeningknowhow.com. 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
- ↑ 14,0 14,1 Gledhill, David (2008). „The Names of Plants“. Cambridge University Press. ISBN 9780521866453 (hardback), ISBN 9780521685535 (paperback). pp 40, 324