Akarifaglar
Akarifaglar (yunoncha akari — kana va phagos — yeyuvchi) — yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalar; oʻrgimchakkanalarning tabiiy kushandalari. Sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida oddiy oʻrgimchakkana bilan oziqlanuvchi akarifaglarning 40 turi aniqlangan. Gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridagi oʻrgimchakkakina bilan oziqlanib, ular sonini kamaytiruvchi akarifaglar - stetorus, kanaxoʻr tripe, yirtqich qandala— orius, oltinkoʻzlar, fitoseid oilasiga mansub yirtqich kanalar va boshqa katta ahamiyatga ega. Yirtqich kanalardan issiqxonalardagi oʻsimliklarni, bahor va kuzda esa harorat 30% dan yuqori va havo namligi 60-80% li sharoitda gʻoʻzani zararkunandalardan himoya qilishda hasharotlarni mavsumiy tarqatish usulida foydalaniladi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |