Kontent qismiga oʻtish

Akademizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Source („Manba“) (1856), rassom — Jean Auguste Dominique Ingres.

Akademizm (fransuzcha: academisme) XVII-XIX asrlardagi Yevropada rivojlangan tasviriy sanʼat yoʻnalishidir. Qad dunyo va Uygʻonish davri sanʼati shakllari, sanʼatning tashqi koʻrinishlariga taqlid qilishga asoslangan. Akademizm badiiy taʼlimni tartibga solishga, mumtoz anʼanalarni „abadiy“ qonunlar tizimi va qoʻllanmalariga aylantirishga imkon yaratdi. Sanʼatda qadimgi anʼanalarga va yuksak madaniylikka tayanish bu taʼlimotning kuchli tomonlaridan edi. Zamonaviylikni „yuksak“ sanʼatga xos boʻlmagan xususiyat deb eʼlon qilib, unga zamonaviy va milliy boʻlmagan goʻzallik 250 normalari, ideallashtirilgan obrazlar, hayotdan uzoq mavzularni qarshi qoʻydi. Rasmiy yoʻnalish sifatida oʻzining estetikasini milliy realistik sanʼatga qarshi qaratadi. Dastlab Bolonya akademiyasi (Italiya) da paydo boʻlgan (16-asr) bu yoʻnalish keyinchalik Yevropa mamlakatlariga keng yoyildi. 19-asrda akademizm (Italiyada akademizm Kanova, Fransiyada D. Engr va boshqalar) klassitsizm anʼanalariga tayanib romantiklar, realistlar va naturalistlarga qarshi kurash olib bordi. Realistlar va oppozitsiya taʼsirida akademizm inqirozga uchradi, 19-asr oxiri — 20-asrda bir qator mamlakatlardagina asosan yangi shakl — neoklassitsizm koʻrinishida saqlanib qoldi. Akademizm tushunchasi keng maʼnoda har qanday qonunlashtirish, oʻtmish sanʼatning ideallari va qoidalariga murojaatni anglatadi[1].


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Sanʼat yoʻnalishlari va guruhlar
Oʻrta asrlar
Roman tarziGotikaRenessans
Yangi Davr
MannerizmBarokkoRokokoNeoklassisizmAmpirSentimentalizmRomantizmRealizm (tasviriy sanʼat)PrerafaelitizmAkademizmImpressionizmPuantilizmPostimpressionizm
XX asr
ModernizmKonstruktivizmKubizmEkspressionizmAbstraktsionizmDadaizmFovizmBauhausPop-artAr-dekoAbstrakt EkspressionizmFuturizmSuprematizmSurrealizmMinimalizmPostmodernizmKonseptualizm