Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Tanbal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Tanbal
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti 1504
Fuqaroligi Temuriylar davlati
Kasbi harbiy amaldor
Dini Islom

Ahmad Tanbal (yoki Sulton Ahmad Tambal; 1504-yilda qatl etilgan) — Umarshayx Mirzo vafotidan keyin yosh Fargʻona hukmdori Boburning eng ishongan beklaridan biriga aylangan harbiy amaldor. Biroq keyinchalik Ahmad Tanbal hokimiyat uchun kurash boshlab Boburning asosiy dushmanlaridan biriga aylangan. Bobur oʻzining Boburnoma asarida Samarqand yurishi davridagi Ahmad Tanbal bilan bogʻliq xotiralarini shunday eslab oʻtadi:

Samarqand taxtigʻa oʻlturgʻoch, Samarqand beklarini burungudek oʻq rioyat va inoyat qildim. Bizing bila boʻlgʻon beklarni ham faroxoʻri hollarigʻa yarasha tarbiyat va shafqat qildim. Sulton Ahmad Tanbalning borasigʻa rioyat koʻprak voqe boʻldi. Ichki beklar chargasida edi, ulugʻ beklar chargasida rioyat qildim

Lekin Samarqand egallanganidan keyin shaharda yuz bergan ogʻir vaziyatda Ahmad Tanbal Boburni tashlab ketgan beklardan biri boʻlgan. Andijonga qaytgan Ahmad Tanbal Boburning ukasi Jahongir Mirzoni taxtga oʻtqazish uchun kurash olib boradi. Ahmad Tanbalning bundan koʻzlagan asosiy maqsadi shu orqali hokimiyatni qoʻl ostida toʻplash boʻlgan. Ahmad Tanbal shu maqsadda Uzun Hasan bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Samarqanddan ortga qaytgan Bobur Mirzoga yengilganidan keyin ham uzoq vaqt dushmanlik yoʻlini davom ettirgan. Xususan, Boburnoma asarida yana shunday maʼlumotlar berib oʻtiladi:

Boshimda duvulgʻa boʻrki edi. Tanbal boshimgʻa chopdi, boshim qilich zarbidan karaxt boʻldi. Bovujidkim, duvulgʻa boʻrkining bir tori kesilmadi, boshimgʻa xeyli yara boʻldi[1]

15011504-yillarda Bobur Mirzo Ahmad Tanbalga qarshi kurashlar olib boradi[2]. Shayboniylarning harbiy yurishlari vaqtida Ahmad Tanbal Andijonda 1504-yili Shayboniyxon tomonidan qatl etilgan.

  1. Rustamjon Ummatov. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq — 72-bet. 
  2. „Заҳириддин Муҳаммад Бобур (1483-1530)“ (ru-RU). www.ziyouz.uz (2017-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.