Kontent qismiga oʻtish

Agiin botigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agiin botigʻi – Ustyurt platosining markazidagi botiq. Borsakelmas botigʻining shimoli-gʻarbida. Oʻrtacha bal. 85 −95 m dan PO m gacha. Eng baland joyi 124 m. Shimolidan janubiga 27 – 32 km, sharqdan gʻarbga 18 – 20 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi bir oz qiya. Botiqning tubi sof shoʻrxokdan iborat. Relefining balandroq joylari plato qoldiqlari, ular oraligʻidagi pastqamliklar esa shoʻrxoklar bilan band. Doʻngliklarda qorasaksovul, pastqamliklarda sarisazan va shoxiloq oʻsadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil