Kontent qismiga oʻtish

Agamalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agamalar (Agama) – agamasimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar urugʻi. Tanasi yassi, boshi uchburchak shaklda, dumi silindrsimon yoki ikki yondan bir oz siqilgan. Tanasi xilma-xil rangda, ayniqsa erkaklari rang-barang boʻladi. Agamalarning 70 ga yaqin turi maʼlum. Afrika, Janubi-Gʻarbiy va Markaziy Osiyoning ochiq dasht, choʻl va toshloq togʻli hududlarida tarqalgan. Ayrim turlari Janubi-Sharqiy Yevropada ham uchraydi. Oʻzbekistonning daryo vodiylari va choʻllarida choʻl agamasi, yaʼni kunqargʻar, togʻli hududlarida Turkiston agamasi, yaʼni toshkaltakesak, Kavkaz agamasi, Himolay agamasi, Pavlovskiy agamasi tarqalgan. Agamalar har xil hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va mayda kaltakesaklar, shuningdek yashil oʻsimliklarning guli, barglari va mevasi bilan oziqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil