Aeroblar
Aeroblar, aerob organizmlar – erkin kislorod boʻlgan muhitda yashaydigan va rivojlanadigan organizmlar. Aeroblar kisloroddan oksidlovchi sifatida foydalanadi. Aeroblarga barcha oʻsimliklar, koʻpchilik hayvonlar, zamburugʻlar kiradi. Hayvonlarning kislorodsiz muhitda hayot kechirishi ikkilamchi xususiyatga ega. Aeroblar biologik oksidlanishni hujayra nafas olish sistemasi orqali amalga oshiradi. Oksidlanish jarayonida kislorod toʻla qaytarilmasdan zaharli mahsulotlar hosil boʻlishi tufayli aeroblar bu mahsulotlarni parchalaydigan fermentlar (katalaza, superoksidsismutgaza)ga ega. Anaerob organizmlarda bunday fermentlar boʻlmasligi tufayli O2 ular uchun zaharli taʼsir etadi. Nafas olish zanjiri ayniqsa bakteriyalarda xilma-xil boʻlib, sitoxromoksidaza bilan birga boshqa terminal oksidazalar ham ishtirok etadi. Aeroblar orasida fotosintez qiluvchi sianobakterlar, suvoʻtlari, yuksak oʻsimliklar asosiy ahamiyatga ega. Bu organizmlar faoliyati tufayli ajralib chiqadigan boshqa O2 xamma aeroblarning rivojlanishini taʼminlaydi (yana qarang Anaeroblar).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |