Adenoidlar
Qiyofa
Adenoidlar (yun. aden — bez va eidos — oʻxshash) — burun-halqum, asosan, murtak limfa tugunlarining oʻsib qalinlashishi. Koʻpincha bolalarda uchraydi. Adenoidlar oqibatida surunkali tumov, dimogʻ bilan gapirish, tinch uxlay olmaslik, tishlarning notoʻgʻri oʻsishi, Yevstaxiy nayining bekilib qolishi natijasida baʼzan karlik, zehn va xotiraning susayishi roʻy beradi. Adenoidlarga koʻpincha infeksiya qoʻshiladi, unda bronxit, pnevmoniya va boshqa paydo boʻladi. Adenoidlar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |