Adapazari
Qiyofa
Adapazari — Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi shahar, Sakariya daryosi sohilida. Sakariya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 171 ming kishi (1990). Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Adapazari rayonining savdo-sanoat markazi (paxta, sabzavot, parranda). Mashinasozlik, oziq-ovqat (jumladan, shakarqand), kimyo, oynashisha, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |