Kontent qismiga oʻtish

Acacia baileyana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cootamundra wattle
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Oʻsimliklar
Tip: Tracheophytes
Sinf: Fabales
Turkum: Acacia
Oila: Fabaceae
Kenja oila: Caesalpinioideae
Urugʻ: A. baileyana
Turlari: Acaciabaileyana
Binar nomi
Acacia baileyana
(F.Muell.[1][2])
Sinonimlari

Acacia baileyananing tarqalishi

Acacia baileyana yoki Cootamundra wattle – Fabaceae gulli oʻsimliklar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Turning ilmiy nomi botanik Frederick Manson Baileyning sharafiga nomlangan. U Temora, Kutamundra, Stokinbingal va Bethungra tumanlarini oʻz ichiga olgan Yangi Janubiy Uelsning janubiy qismidagi juda kichik hududlarda tarqalgan. Biroq, Acacia baileyana Avstraliyaning boshqa shtatlari va hududlarida kengroq miqyosda oʻsadi. Viktoriyaning koʻplab hududlarida u tabiatda tabiiy holda oʻsadigan holga kelgan va begona oʻt sifatida qabul qilingan.

Deyarli barcha wattlelar oltin rangli gullarga ega. Kichik gullar sharsimon va silindrsimon toʻpgullarda joylashgan, faqat urugʻchibarglari koʻzga tashlanadi. Wattle Yangi Zelandiyadaga keng miqyosda kirib borgan.

Kanberradagi Cootamundra wattle daraxti

Acacia baileyana Yevropada gul sanoatida qoʻllanadi. Bundan tashqari asal ishlab chiqarishda asalarilar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi[4]. Amerikalik shahar landshaft dizayneri Renee Gunter janubiy Los-Anjelesdagi maysazorida bu oʻsimlikdan chanqagan oʻsimliklar oʻrniga ekish uchun qurgʻoqchilikka chidamli muqobil tur sifatida foydalanadi[5].

Acacia baileyana kimyoviy tahlilida 0,02% dan kam alkaloidlar topilgan[6].

Bu oʻsimlik moslashuvchan va oʻsishi oson. U Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining Bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻlgan[7]. Afsuski, u atrofdagi butazorlarga moslashib ketish (yaʼni qochish) qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, u baʼzi boshqa suv oʻsimliklari, xususan, Sidney suv havzalaridagi noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan Acacia pubescens turlari bilan gibridlanadi.

Hozirgi vaqtda bu gulning sajda qilib yigʻlayotganga oʻxshash shakli yetishtirilmoqda. Uning kelib chiqishi nomaʼlum, lekin Acacia baileyana mashhur bogʻ oʻsimliklaridan biridir[8]. Asl Cootamundraning nozik barglari kulrang-yashil, ammo „Purpurea“ deb nomlanuvchi koʻk-binafsha barglilari juda mashhur[9].

Rangi uchun foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cootamundra wattlening rangi hozirda Avstraliya poytaxtining oʻt oʻchirish brigadasi tomonidan oʻt oʻchirish moslamalari uchun rang sxemasi sifatida qoʻllanadi.

  1. Acacia baileyana. Australian Plant Name Index (APNI), IBIS database. Centre for Plant Biodiversity Research, Australian Government, Canberra. Qaraldi: 2012-yil 4-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  2. Mueller, F.J.H. von (1888). „'Descriptions of some hitherto unknown Australian plants. Transactions and Proceedings of the Royal Society of Victoria 24(2): 168.“.
  3. „Acacia baileyana“. LegumeWeb. International Legume Database & Information Service.
  4. „Uses of Australian Acacias“. World Wide Wattle (2013-yil 29-may).
  5. Lodi News-Sentinel, Oct 12, 2007, Bettijane Levine, Los Angeles Times, Drought resistant plants, Retrieved Aug. 18,2007
  6. Hegnauer, Robert. Caesalpinioideae und Mimosoideae. Springer, 1996 — 336-bet. ISBN 978-3-7643-5165-6. 
  7. „Acacia baileyana AGM“. Plant Selector. Royal Horticultural Society.[sayt ishlamaydi]
  8. Stewart 2001, s. 156
  9. Stewart 2001, s. 157