Kontent qismiga oʻtish

Abulbarakot Bag‘dodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulbarakot Bag‘dodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faylasuf, tabobat

Andoza:Wikidata image

Abulbarakot Bagʻdodiy — (1077-yil tugʻilib 1164-yilda vafot etgan) faylasuf va tabobatshunos olim.

Abulbarakot Hibatulloh ibn Ali ibn Malka Bagʻdodiy Vositiy Baladiy faxrli „Sayyidu-l-hukamo va avhadu-z-zamon“ nomlari bilan ulugʻlangan, mumtoz oʻrta asr arab-musulmon ilm-fani, falsafasi, diniy ilmlarining yirik, koʻzga koʻringan vakili boʻlib, uning ijodi ilm-fan, falsafada Arastu, Iskandar Afridusiy (hoz. eraning II-asri), Ioan Filopon (VI asr), Forobiy (950-yildan soʻng vafot etgan), Yahya ibn Adiy (973-yil vafot etgan), Ibn Sino va boshqa oʻrta asr Sharq allomalaridan davom etib kelayotgan tabiiy-ilmiy va tanqidiy oʻzan taraqqiyotining davomi, rivojlantirilishini yorqin namoyon etgan. Abulbarakot Bagʻdodiy asli kelib chiqishi yahudiy eʼtiqodli oilada, buning ustiga umrining oxirlarida islom dinini, oʻlimdan qutulib qolish zaruriyati tufayli qabul qilgan. Abbosiylar, keyinchalik saljuqiylarning Bagʻdoddagi saroylarida tabobat, olim sifatida xizmat qilgan boʻlsada, asosan ibtidoiy maktab, madrasa taʼlimini arab-musulmon muhitida oʻsib-ulgʻaygan, oliy madrasa taʼlimini olgan, musulmon-tabib Abulhasan Saʼid qoʻlida tibbiyotni oʻrganib, tibbiyot ilmi sohasida dongʻi ketib, shuhrat qozonib, saroy tabibligiga chaqirilgan. Abulbarakot Bagʻdodiy juda katta boy tabiiy-ilmiy, falsafiy va badiiy meros qoldirgan, shoh asari „Kitobu-l-muʼtabar fi-l-hikmati va ilahiyat va-l-axloq“ („Hikmat, ilohiyot va axloq ilmlari boʻyicha eng moʻʼtabar kitob“)dir. Bu asarni alloma shayxu-r-raisning „Kitobu-sh-shifo“sidan koʻchirib, tarj. qilib, qoralama (konspekt) yoza boshlagan boʻlsada, ammo, u tez orada Arastuning mexanika sohasidagi, harakatning sababi haqidagi konsepsiyasini keskin tanqid qilishga aylanib ketgan. Mazkur masala boʻyicha Arastuning tamomila gʻayriilmiy, naturfalsafiy taʼlimotini ilk bor shayxu-r-rais tanqid qilgan, buning u-n mumtoz oʻrta asr Sharq mexanikasida har qanday harakatning sababi 3 ta omilga — mayllarga bogʻliq ekanligini asoslab bergan edi. Yaʼni, mayli tabiiy, mayli nafsoniy va mayli kasroniy haqidagi konsepsiyasini ilgari surgan edi. Abulbarakot Bagʻdodiyning bu asari ana shu konsepsiyani ijodiy-tanqidiy rivojlantirish yoʻl-larini ochgan mustaqil asarga aylanib ketdi, dunyo ilm-fani, falsafasi va mexanikasi rivojida burilish yasadi. Zero, uning harakat mexanikasiga oid mazkur konsepsiyasi, keyinchalik Qurtuba (Kordova) Ibn Bajja, Ibn Bitruj va boshqalar tomonidan, Gʻarbiy Yevropada esa Jan Buridan, Petr Olive va boshqa olimlar tomonidan „Impetus“ haqidagi gʻoyalar shaklida rivojlantirilib, oxir-oqibatda esa Isaak NyutonningInersiya“ haqidagi taʼlimotining ishlab chiqilishiga olib kelgan edi (Sholomon Pines)[1].




  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  1. Йалтқайа Ш. Китаб-Муътабар фи-л-ҳикмат ва илаҳийат. Перес Ш. Авҳаду-з-заман Абул Баракат Бағдодий. // Обзор еврейских исследований – С. 4-64; 1-33; С. Надвий, С.Х. Наср, М.М. Рожанская, А. Зоҳидов. Абул Баракат Багдадий о бытии материи. – С. 48-52.