Kontent qismiga oʻtish

Isaac Newton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Isaak Nyutondan yoʻnaltirildi)
Isaak Nyuton
Isaac Newton
Tavalludi 4-yanvar 1643-yil
Linkolnshir Buyuk Britaniya
Vafoti 31-mart 1727-yil(1727-03-31)
(84 yoshda)
London, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Kingdom of England[1][2] va Kingdom of Great Britain[3][2]
Otasi Isaac Newton Sr.[4][2]
Onasi Hannah Ayscough[2]
Imzosi

Isaak Nyuton - (inglizcha: Isaac Newton) Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri. Nyuton 1643 –yil 4-yanvarida Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tugʻildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. Oʻsha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi. Keyinchalik Nyuton oʻz shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni, berildi va shundan soʻng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672-yilda u London Qirollik jamiyatining aʼzosi qilib saylandi, 1703-yilgacha esa uning prezidenti boʻldi. Isaak Nyutonning ilm-fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda koʻplab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorugʻlik qonuniyatlari, yorugʻlikning tarqalishi ni oʻrgandi. Nyuton matematik hisoblarni qoʻllab koʻp asrlik muammo boʻlgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi. Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o’tirganda boshiga olma tushgani ekan. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi. “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi” (1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug’lik haqidagikorpuskulyar va to’lqin tasavvurlarni o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a surdi. 1704-yilda nyuton o’zining ko’plab mehnati natijasida yozgan “Optika” deb nomlangan kitobini chiqardi. Unda yorug’likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag’ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong’i xonaga o’tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug’lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan. Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga koʻplab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni oʻrnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan oʻta kamgap inson boʻlgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush koʻrmas ekan.

NYUTON (Newton ) Isaak (1643.4.1, Vulstorp — 1727.31.3, London; Vestminsterda dafn etilgan) — ingliz olimi, hozirgi zamon tabiatshunosligi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1672-yildan) va uning prezidenti (1703-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1665). Ilmiy ishlari uchun unga lord unvoni berilgan (1705).

N. mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ochdi, differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, koʻzguli teleskopii kashf qildi. U optikaga oid muhim eksperimental ishlar muallifi. "Yoruglik va ranglarining yangi nazariyasi" asarida (1672) yorugʻlikning korpusku-lyar tuzilishi haqidagi gipotezani ilgari surgan. N. "Optika" asarida (1674) yorugʻlik aberratsiyasi, interferensiya, yoruglikdagi dispersiya, difraksiya, yorugʻlikning qutblanishi va boshqa hodi-salarni yoritgan. U birinchi boʻlib yorugʻlikning toʻlqin uzunligini oʻlchagan. N. "Natural filosofiyaning matematik negizlari" ("Negizlar"; 1687) N.ning eng muxim ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida oʻzidan ilgari oʻtgan olimlar (G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler, X.Gyuygens, R.Guk, E. Gatey va boshqalar) hamda oʻzi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan va klassik fizikaning asosi boʻlgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan; klassik mexanikaning asosiy tushunchalari — massasi va zichligiga ekvivalent boʻlgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent boʻlgan harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga taʼrif bergan; oʻzining 3 mashhur "aksioma yoki harakat qonunlari": inersiya qonuni (N.ning birinchi qonuni), taʼsir va aks taʼsir konuni (uchinchi qonuni)ni taʼriflagan.

N. barcha sayyora va kometalarning quyoshga, yoʻldoshlarning esa sayyoralarga ular orasidagi masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini asoslab bergan. U butun olam tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini isbotlagan. N. bu asarida Oy harakatining oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, shuningdek, Yer shakli va uning harakatiga oid xususiyatlarni aniklagan. U gidrostatika va gid-rodinamikaning baʼzi masalalarini qayta ishlab chiqqan; muhit (gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bogʻliq holda tekshirgan.

N. ilgari surgan tabiatshunaslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chiqishni talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqqan, differensial va integral hisobning oʻzaro teskari harakterga ega ekanligini kashf qilgan, cheksiz qatorlar sohasida yangilik yaratgan. N. va undan mustaqil ravishda G.Leybnits tomonidan yaratilgan differensial hisob va integral hisob matematika taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. N. Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy koʻrsatkichga umumlashtirgan, hisoblash matematikasi sohasida tenglamalarni taqribiy yechish usuli va interpolyasiya formulasini topgan. Uning algebra va geom.ga oid boshqa ishlari ham muhim. Nuyuton fizika va kimyoning koʻp sohalariga katta taʼsir koʻrsatdi. Baʼzi optik va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda N. mexanik modellardan foydalandi.

Ad:Vavilov S. I., Isaak Nyuton, M., 1961[5].