Kontent qismiga oʻtish

Abu Qatoda ibn Rabʼiy al-Ansoriy yurishi (Xadra)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Qatoda ibn Rabʼiy al-Ansoriy yurishi
Sanalar Milodiy 629-yil, noyabr (hijriy 8-yil)
Urush yeri Xadra
Natija * Yurish muvaffaqiyatli yakunlangan
* Katta suruv oʻlja sifatida olingan[1][2]
Qoʻmondonlar
Abu Qatoda Nomaʼlum
Yoʻqotishlar
Qurbonlarsiz Baʼzi dushman vakillari oʻldirilgan, baʼzilari asirga olingan[3][4]

Abu Qatoda ibn Rab’iy al-Ansoriyning Xadraga yurishi[5] (shuningdek, Xadira deb ham ataladi)[6][7] milodiy 629-yilning noyabr oyida (hijriy 8-yilning 8-oyi) boʻlib oʻtgan[8].

Hijriy 8-yilning shaʼbon oyida Islom paygʻambari Muhammadga Islomni qabul qilishdan bosh tortgan Banu Gʻatafonlar qoʻshin toʻplagani haqida xabar kelgan. Muhammad shoshilinch ravishda Abu Qatodani chaqirib, qabilani tartibga solish maqsadida uni 18 kishiga bosh qilib joʻnatgan.

Dushmanga yetib borish uchun Abu Qatodaga 15 kun kerak boʻlgan. Dushman tomondan baʼzilar oʻldirilgan, boshqalari qoʻlga olingan va ularning barcha mol-mulki oʻlja sifatida olingan[9][10].

Ushbu yurish Banu Gatafon qabilasidan boʻlgan Xudra urugʻiga qarshi uyushtirilgan boʻlib, natijada katta suruv qoʻlga olingan.

Bu gʻazotdan soʻng koʻplab qabilalar oʻz bay’atlarini oʻzgartirib, islomni qabul qilgan. Ular orasida Bani Zobian, Banu Fazara, Banu Abs qabilalari bor edi. Banu Sulaym ham Ibn Abu al-Avja as-Sulamiy[11] gʻazotida oʻz izdoshlari bilan jang qilganidan keyin Muhammadga boʻysungan.

  1. The sealed nectar, By S.R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil'alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
  2. "Khadrah Campaign", Witness-Pioneer.com
  3. The sealed nectar, By S.R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil'alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
  4. "Khadrah Campaign", Witness-Pioneer.com
  5. „Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
  6. The sealed nectar, By S. R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil’alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
  7. „Khadrah Campaign“, Witness-Pioneer.com
  8. „List of Battles of Muhammad“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-may.
  9. The sealed nectar, By S. R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil’alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
  10. „Khadrah Campaign“, Witness-Pioneer.com
  11. „The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.