Kontent qismiga oʻtish

Abu Nuaym

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Nuaym, toʻliq ismi Ahmad ibn Abdulloh al-Isfahoniy (944-1038, Isfahon) — tanikdi hadis imomlaridan biri. Fiqh va tasavvufda ham zamonasining yetakchi olimi boʻlgan. Tabaroniy kabi buyuk muhaddislardan hadis olgan, uning oʻzidan ham Xatib Bagʻdodiy kabi yuksak shaxslar hadislar rivoyat etgan. Eng mashhur asarlari: yigirma jildli „Hiltul-avliyo“, „Daloilun-nabaviyya“, „Kitobul-mustaxraj alal-Buxoriy“, „Al mustaxraj alo sahihi Muslim“, „Kitobut-taboqat“, „Maʼrifatus-sahoba“ va boshqalar.[1][2]

  1. OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 13-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.
  2. "Abu Nuaym" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil