Abu Nazr Sog'arjiy
Qiyofa
Abu Nazr Sog'arjiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis, Roviy |
Abu Nazr Sogʻarjiy (arabcha: أبو نذير الصغرجي — Abu Nazr Sogʻarjiy — Toʻliq ismi: Abu Nazr Muhammad ibn Hotam ibn Saʼid Sog‘arjiy So‘g‘diy) — muhaddis va roviy.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Nazr Sogʻarjiy dastlabki tahsilni otasi Hotam ibn Saʼiddan olgan. Shu bois, u tomonidan keltirilgan hadislarning aksariyati otasi Hotam ibn Saʼiddan rivoyat qilingan. Undan tashqari Abu Nazr Sogʻarjiy oʻz zamonasining bir qancha mashhur allomalaridan ham hadislar rivoyat qilgan[1].
Shogirdi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Nazr Sogʻarjiydan Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim Mustalamiy kabi koʻplab zotlar hadis oʻrganganlar hamda rivoyat qilganlar.[2] Manbalarda Abu Nazr Sogʻarjiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |