Kontent qismiga oʻtish

Ahmad ash-Sharʼa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abu Muhammad al-Juloniydan yoʻnaltirildi)
Ahmad ash-Sharʼa
أحمد الشرع
Suriya prezidenti
Mansab davri
2025-yil 29-yanvar – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Muhammad Gʻoziy al-Jaloliy
Oʻtmishdoshi Bashshor al-Asad
2-Hayʼat tahrir ash-Shom amiri
Mansab davri
2017-yil 1-oktyabr – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Abu Jobir Shayx
Jabhat fatx al-Shom amiri
Mansab davri
2016-yil 28-iyul – 2017-yil 28-yanvar
Jabhat an-Nusra amiri
Mansab davri
2012-yil 23-yanvar – 2016-yil 28-iyul
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Ahmad Husayn al-Sharʼa

1982-yil 29-oktyabr
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi Suriya
Imzosi

Ahmad Husayn al-Sharʼa[sharh 1][1]/ ash-Sharʼa[2], arabcha: أحمد حسين الشرع; taxallusi: Abu Muhammad al-Joʻloniy[sharh 2] (arabcha: أبو محمد الجولاني; 1982-yil 29-oktyabr, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni) – suriyalik jangari inqilobchi. Suriyadagi jihodchilar harakati faoli. 2017-yildan Hayʼat tahrir ash-Shom amiri. 2025-yil 29-yanvaridan Suriyaning 20-prezidenti[3].

Iroq islom davlati terroristik tashkiloti safida Iroq urushida qatnashgan. Keyinroq Jabhat al-Nusra (tashkilotning nomi keyinchalik „Jabhat fath ash-Shom“, undan keyin „Hayʼat tahrir ash-Shom“ deb oʻzgartirilgan) tashkilotining rahbarlaridan biriga aylangan.

2013-yil may oyida AQSH davlat departamenti Ahmad ash-Sharʼani „oʻta xavfli terrorchilar“[4] roʻyxatiga kiritgan, toʻrt yil oʻtgach esa Ahmad ash-Sharʼani topib oʻldirishga sabab boʻluvchi maʼlumot uchun 10 million AQSH dollari miqdorida mukofot taklif qilgan[5][6][7]. 2024-yil sentyabr holatiga koʻra taklif oʻz kuchida qolgan[8].

Oilaviy kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ahmad ash-Sharʼaning otasi, Husayn al-Sharaa (1992-yil)

Ahmad ash-Sharʼaning oilasi Suriyaning Golan tepaliklarida istiqomat qilgan. Ammo 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urush paytida Isroil bu hududni ishgʻol qilgan va sababdan ular oʻz yerlarini tark etishga majbur boʻlgan[9]. Uning „al-Juloniy“ taxallusi aynan shu Golan tepaliklariga tegishli ekanligini bildiradi[10].

Ahmad ash-Sharʼaning otasi Husayn Ali al-Sharaa Suriyada arab millatchisi va talabalar harakatining yetakchisi boʻlgan. U Bagʻdod universitetida iqtisodiyot boʻyicha tahsil olgan va keyinchalik neft muhandisi boʻlib ishlagan[11][12]. Husayn Ali al-Sharaa iqtisodiy rivojlanish boʻyicha mintaqaviy masalalarga oid koʻplab kitoblar nashr etgan[13]. Shuningdek, u 2006–2016-yillar davomida Suriya vitse-prezidenti boʻlgan Faruq al-Sharaaning amakivachchasi hisoblanadi[14][15][16]. Bundan tashqari, uning amakisi Faruqning xolasiga uylangan[17].

Ahmad ash-Sharʼaning bobosi Ali Muhammad al-Sharaa Fiq shahridagi katta yer egasi va savdogar boʻlgan[18]. Bobosining otasi, Muhammad Xolid al-Sharaa (1899–1932) Fransiyaning Suriya ustidan bosqinchiligiga qarshi qoʻzgʻolonida muhim rol oʻynagan. Qoʻzgʻolondagi ishtiroki uchun u sirtdan oʻlim jazosiga hukm qilingan, ammo bu hukm hech qachon ijro etilmagan[19].

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad Husayn al-Sharaa 1982-yil 29-oktyabrda Ar-Riyod shahrida oʻrtahol oilada tugʻilgan[20][21]. Uning otasi Ar-Riyodda neft muhandisi sifatida ishlagan, onasi esa geografiya oʻqituvchisi boʻlgan[22]. Ular 1989-yilda oilaviy Suriyaga qaytishib, Damashqdagi Mezzeh mahallasiga koʻchib oʻtishgan[23]. Ahmad ash-Sharʼaning eng mukammal biografiyasini yozgan Hussam Jazmatining soʻzlariga koʻra, sinfdoshlari uni qalin koʻzoynak taqadigan, eʼtibor tortmaslikka harakat qilgan oʻquvchi sifatida eslashadi. U tirishqoq boʻlsa-da, kamtar boʻlgan[24]. Yoshligida „xotirjam“ va „uyatchan“ sifatida taʼriflangan. Shuningdek, u „hiyla-nayrangga usta va aqlli“[25], ammo „ijtimoiy jihatdan yopiq“ boʻlgani aytilgan. Uning „kelishgan qiyofasi“ va alavit qiz bilan boʻlgan muhabbati ham eʼtiborga sazovor boʻlgan, biroq bu munosabatga har ikki tomonning oilalari qarshi chiqqan[26]. U 2003-yilda Iroqqa koʻchib ketgunga qadar Damashqda qolib, media tadqiqotlari va tibbiyot yoʻnalishida tahsil olgan[27][28][29].

2006-yil Iroqda AQSH kuchlari tomonidan qoʻlga olinganidan soʻng olingan surati

2021-yilda Frontline nashriga bergan intervyusida Ahmad ash-Sharʼa 2000-yilda (17 yoki 18 yoshida) Falastinning Ikkinchi Intifada taʼsirida radikallashganini soʻzlab, quyidagi fikrlarni aytgan:

"Men bosqinchi va istilochilar tomonidan ezilayotgan xalqni himoya qilib, oʻz vazifamni qanday ado etishim mumkinligi haqida oʻylay boshladim"[30][31].

2001-yil 11-sentyabr terror xurujlarini maʼqullagan[32] Ahmad ash-Sharʼa 2003-yilgi AQSHning Iroqni bosib olishidan bir necha hafta oldin Damashqdan Bagʻdodga avtobusda safar qilgan. U yerda Iroqdagi al-Qoida (AQI) tashkilotiga qoʻshilib, tez fursatlar ichida yuqori lavozimlarga koʻtarilgan[33]. 2013-yilda The Times of Israel gazetasi Ahmad ash-Sharʼani AQI tashkiloti rahbari Abu Musab al-Zarqaviy bilan yaqin boʻlganini daʼvo qilgan[34]. Ahmad ash-Sharʼa 2021-yilda Frontline nashriga bergan intervyusida Abu Musab al-Zarqaviy bilan hech qachon uchrashmaganini va u faqatgina Amerika bosqiniga qarshi al-Qoidaning oddiy askari sifatida xizmat qilganini taʼkidlagan[35]. Iroq fuqarolik urushi boshlanishidan oldin, 2006-yilda Ahmad ash-Sharʼa AQSH kuchlari tomonidan hibsga olingan. U 5 yildan ortiq vaqt davomida Abu Ghraib, Camp Bucca, Camp Cropper va Camp Taji kabi turli turmalarda saqlangan[36][37][38][39].

Suriya fuqarolar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya qoʻzgʻoloni va al-Nusra tashkilotining tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suriya inqilobi bilan bir paytda Ahmad ash-Sharʼa ham qamoqdan ozod etilgan. Soʻng unga 2011-yil avgustda Ayman az-Zavahiri va al-Qoidaning markaziy qoʻmondonligi tomonidan Suriyada Al-Qoida tashkilotining faoliyatini yoʻlga qoʻyish vazifasini topshirilgan[40][41]. Ahmad ash-Sharʼa katta miqdordagi mablagʻ va al-Qoidaning faoliyatini yoʻlga qoʻyish vakolati bilan Suriyaga oʻtgan[42][43]. Ahmad ash-Sharʼa al-Qoida markaziy qoʻmondonligining yuqori lavozimli aʼzolari bilan birgalikda „Jabhat al-Nusra“ni („al-Nusra fronti“) tashkil etgan. Az-Zavahiri bu tashkilotni Suriyada Ahmad ash-Sharʼa boshchiligidagi turli islomiy jangari guruhlarning keng koalitsiyasi sifatida tashkil etilgan. Ushbu guruh bevosita „al-Qoida“ markaziy qoʻmondonligiga sodiq boʻlishi koʻzda tutilgan[44].

Oʻsha paytda al-Qoida bilan ittifoqdosh boʻlgan Iroq Islom Davlati (ISI) rahbariyati uning ketishidan mamnun boʻlishgan. Ahmad ash-Sharʼa shunga qaramay Abu Bakr al-Bagʻdodiy bilan kelishuv tuzib, al-Qoidaning Suriya boʻlimi, yaʼni Jabhat al-Nusrani kengaytirishni davom ettirgan. Guruh 2013-yilgacha ISI bilan ittifoqni saqlab qolgan. Ahmad ash-Sharʼa va al-Bagʻdodiy oʻrtasida kelishuv boʻlib, nizolarni al-Qoida amiri Ayman az-Zavahiri vositachiligida hal qilgan. Vaqt oʻtishi bilan Ahmad ash-Sharʼa transmilliy jihodchilik gʻoyalaridan uzoqlashib, oʻz guruhini tobora koʻproq milliy suriyalik kurash doirasida taqdim eta boshlagan[45].

ISI, dastlab, Ahmad ash-Sharʼani Suriyada al-Qoida tarmogʻini tashkil etish maqsadida jangchilar, qurol-yarogʻ va mablagʻ bilan taʼminlagan. Ahmad ash-Sharʼa qamoqdan ozod boʻlganidan soʻng, bu rejalarni ISI rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirgan[46].

2012-yil yanvarda al-Nusra tuzilganligi rasman eʼlon qilingan va Ahmad ash-Sharʼa esa uning bosh amiri etib tayinlangan. Shu yilning dekabr oyiga kelib, AQSH Davlat departamenti Jabhat al-Nusrani terrorchi tashkilot deb eʼlon qilgan va uni Iroqdagi al-Qoida (Iroq Islom Davlati nomi bilan ham tanilgan)ning tashkiloti ekanligini aniqlagan[47]. Ahmad ash-Sharʼa rahbarligida al-Nusra Suriyaning eng kuchli guruhlaridan biriga aylangan[48]. Uning istehkomi Suriyaning shimoli-gʻarbidagi Idlib muhofazotida joylashgan[49].

ISHID bilan ziddiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012–2013-yillarda Ahmad ash-Sharʼa Suriyada oʻz hukmronligini oʻrnatayotganda, ISHIDning Iroqdagi rahbariyati unga nisbatan shubhalana boshlagan[50]. Jabhat al-Nusra Assad rejimiga qarshi kurashda boshqa suriyalik isyonchi guruhlar bilan hamkorlik qilgani va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatgani uchun tobora mashhurlashib borgan[51]. Ahmad ash-Sharʼa esa al-Bagʻdodiyning bu guruhlarga qarshi kurashni boshlash va muxolifat faollariga suiqasd uyushtirish haqidagi buyruqlarini eʼtiborsiz qoldirgan. Al-Bagʻdodiyning eng yaqin yordamchisi Abu Ali al-Anbari Ahmad ash-Sharʼaning ishlarini tekshirish uchun Suriyaga borgan va uni „makkor va ikkiyuzlamachi odam“ deb baholagan[50].

Jabhat al-Nusraning mashhurligi va Ahmad ash-Sharʼaning itoatsizligi al-Bagʻdodiyda tashvish uygʻotgan. 2013-yil aprel oyida u Jabhat al-Nusra va Iroq Islomiy Davlati (IID)ni birlashtirib, Iroq va Shom Islomiy Davlati (ISHID)ni tashkil etilishini bir tomonlama eʼlon qilgan[51][52]. Ushbu birlashuv Jabhat al-Nusraning mustaqilligini va al-Qoidaning markaziy qoʻmondonligiga boʻlgan sodiqligini yoʻq qilishi va buning natijasida, barcha yetakchilar, qarorlar va operatsiyalar toʻgʻridan-toʻgʻri Abu Bakr al-Bagʻdodiy nazorati ostida boʻlishi kerak boʻlgan[53]. Ahmad ash-Sharʼa al-Nusra frontining mustaqilligini saqlash maqsadida, ochiqdan-ochiq al-Qoida yetakchisi Ayman az-Zavahiriga bayʼat bergan. Ayman az-Zavahiri esa al-Nusraning Iroq Islomiy Davlati (IID)dan mustaqilligini tasdiqlovchi bayonot eʼlon qilgan[54][55][56]. Mazkur bayonotda Suriya al-Nusra frontining „hududiy davlati“ ekani va ISHID hukmronligining faqat Iroq bilan cheklangani taʼkidlangan. Ayman az-Zavahiri al-Qoida markaziy qoʻmondonligi bilan maslahatlashmasdan va xabar bermasdan eʼlon qilingan al-Bagʻdodiyning birlashish haqidagi qarorini rad etgan. Shu bilan birga, u ikki guruh oʻrtasida vositachilik qilish va kelishuvlarning bajarilishini nazorat qilish uchun Abu Xolid al-Surini oʻz vakili sifatida tayinlagan[55][57].

2013-yil oxirida Ayman az-Zavahiri al-Bagʻdodiyni birlashuvni bekor qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilishga chaqirgan, biroq al-Bagʻdodiy bu talabni rad etib, birlashuvni davom ettirishga uringan[58]. 2014-yil fevraliga kelib, ISHID va al-Nusra oʻrtasidagi nizoni hal qilishga qaratilgan saʼy-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Natijada, 2014-yil fevral oyida al-Qoida ISHID bilan rasman aloqalarni uzgan va al-Nusra Suriyada al-Qoidaning yagona vakili sifatida qolgan[59][60]. Ahmad ash-Sharʼa 23-fevral kuni Abu Xolid al-Surining oʻldirilishidan soʻng, ISHIDni qattiq qoralagan va ularni al-Qoidaga qarshi AQSh bilan birga kurashgan Iroqning „al-Sahvah“ kuchlariga oʻxshatgan. U ISHIDni isyonchilarga qarshi kurashish orqali Asadga qarshi kurashni susaytirganlikda ayblagan[61]. Soʻng, ISHID va al-Nusra oʻrtasida ochiq urush boshlangan; Ahmad ash-Sharʼa bu urush Asadga nafas rostlash imkoniyatini berishi mumkinligi xususida ogohlantirgan[62][63]. Keyingi oylar davomida, ISHID al-Nusra va Suriya muxolifati nazoratidagi hududlarning katta qismini egallab olgan[61]. 2015-yil fevraligacha boʻlgan toʻqnashuvlarda har ikki tomondan taxminan toʻrt ming jangchi halok boʻlgan[58]. Ahmad ash-Sharʼa 2015-yilning iyunida „al-Jazira“ nashrigaga bergan intervyusida, bu nizoning hal qilinishi yaqinlashmagani haqida gapirgan. U ISHID agar „Allohga tavba qilib, aqllini yigʻmasa“, ular oʻrtasida „faqat jang boʻlishini“ aytgan[64].

AQSHga qarshi tahdidlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSH boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyadagi ISHIDga qarshi „Oʻzgarmas qaror operatsiyasi“ havo hujumlari boshlangach, Ahmad ash-Sharʼa kamdan-kam uchraydigan ommaviy bayonotida bu hujumlarni Islomga qarshi tajovuz deb baholagan. U gʻarb jamoatchiligini ogohlantirib, janglarning gʻarb davlatlariga koʻchib oʻtishi mumkinligi haqida aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, musulmonlar oʻz yerlari bombardimon qilinishi, farzandlarining oʻldirilishini tomosha qilib turmaydi va shu sababdan janglarning gʻarb xavfsizlikni buzishi muqarrar boʻladi.

AQSH zarbalaridan besh kun oʻtib tarqatilgan audio xabarida Ahmad ash-Sharʼa gʻarb va Amerikaning ISHID tomonidan sodir etilgan adolatsizlikdan foydalanishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirgan. U, agar ISHIDni yoki boshqa kuchlarni toʻxtatish imkoni boʻlmasa, buni salibchilar ittifoqiga sherik boʻlmasdan amalga oshirish kerakligini taʼkidlagan.

Ahmad ash-Sharʼa, shuningdek, al-Nusraning AQSHdan moliyaviy yoki harbiy yordam olgan har qanday guruhga qarshi kurashishini bildirgan. U „Gʻarb tomonidan biroz pul va oʻq-dorilar evaziga sotib olingan va uning qoʻlida qurolga aylangan xoin guruhlarni“ keskin qoralagan[65].

Ahmad ash-Sharʼaning 2014-yil 28-sentabrda eʼlon qilingan audio bayonotida AQSH va uning ittifoqchilariga qarshi kurashishini bildirgan hamda jangchilarni ISHIDga qarshi kurashda gʻarbdan yordam olmaslikka chaqirgan[66].

Al-Nusraning qayta tiklanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil may oyining oxirlarida al-Sharʼa Al-Jazira telekanalida Ahmad Mansurga yuzini yashirgan holda intervyu bergan. U Jeneva tinchlik konferensiyasini „koʻzboʻyamachilik“ deb taʼriflagan va Gʻarb tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Suriya Milliy Koalitsiyasi Suriya xalqini ifoda etmasligini, shuningdek, Suriya hududida amalda mavjud boʻlmaganligini taʼkidlangan. Bundan tashqari u al-Nusra frontining Gʻarbga qarshi hujum qilish rejalari yoʻqligini, shuningdek, ularning asosiy maqsadi Asad boshchiligidagi Suriya hukumatiga, Hizbullohga va ISHIDga qarshi kurashish ekanligini aytgan[67]. Nusraning urushdan keyingi Suriya rejasi haqida soʻralganda, al-Sharʼa avvalo mamlakatdagi barcha guruhlar bilan maslahatlashmay turib, hech kim „islomiy davlat qurish“ haqida oʻylashi mumkin emasligini taʼkidlagan. Shuningdek, u Asad rejimini qoʻllab-quvvatlashiga qaramay, Nusra mamlakatdagi alaviy ozchilikka qarshi chiqmasligini aytgan[67]. 2015-yil oktyabr oyiga kelib, Rossiyaning Suriyadagi fuqarolar urushiga aralashuviga javoban al-Sharʼa Asadning Alaviy qishloqlaridagi qarorgohlariga hujumlarni kuchaytirgan[68].

Al-Qoidadan ajralib chiqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hay’at Tahrir ash-Shomning tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Idlib hukumati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yildagi isyonchilar hukmronligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asad hukumati qulashidan keyingi boshqaruv tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amaldagi rahbar sifatida (2024-2025)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezidentlik davri (2025-yildan buyon)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2025-yil 29-yanvaridan Suriyaning 20-prezidenti[3].

Siyosiy pozitsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroilga nisbatan qarashlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronga nisbatan qarashlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujjatli film

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. arabcha: أحمد حسين الشرع, lotinchada: ʾAḥmad Husayn al-Sharʿ
  2. arabcha: أبو محمد الجولاني, lotinchada: ʾAbū Muḥammad al-Jawlānī, shuningdek Joulani, Jolani va Golani tarzida transliteratsiya qilinadi
  1. „Абу Мухаммад аль-Джулани“. meduza (2024-yil 4-dekabr).
  2. „Reuters узнал о совете США сирийским исламистам“. RBC (2024-yil 11-dekabr).
  3. 3,0 3,1 „Ahmad ash-Shar’a Suriyaning yangi prezidenti deb e’lon qilindi“. kun.uz (29-yanvar 2025-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2025-yil.
  4. „Terrorist Designation of Al-Nusrah Front Leader Muhammad Al-Jawlani“. U.S. Department of State. 2019-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  5. „U.S. offers 100M reward for information on al-Nusra leader“. UPI.com. 2017-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  6. „Muhammad al-Jawlani“. Rewards for Justice. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  7. „AQSh hukumati “Jabhat an-Nusra” yetakchisi haqidagi axborot uchun 10 mln dollar va’da qildi“. Daryo.uz (2017-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
  8. US DOS Rewards for Justice Program. https://twitter.com/Rewards4Justice/status/1356731228762890240 (Wayback Machine saytida 2024-12-13 sanasida arxivlangan). Date 5:28 PM · Feb 2, 2021. Twitter.
  9. „The Jihadist“. PBS. 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  10. Abouzeid, Rania. „Meet the Islamist militants fighting alongside Syria's rebels“ (2012-yil 26-iyul). 2019-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named frontline2
  12. Almustafa, Hamzah Almustafa; Jazmati, Hossam „Syria war: Inside the world of HTS leader Abu Mohammad al-Jolani“. Middle East Eye (2021-yil 22-iyun). 2024-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MEE2
  14. „مصادر: الجولاني قريب فاروق الشرع.. درس الفقه على يد عالم دمشقي في المزة“ (ar). Enab Baladi (2016-yil 28-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  15. „صديق طفولة الجولاني يروي ما يعرفه عنه.“ (ar). Wattan (2016-yil 30-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  16. „أسرار «الجولاني» كشفت بعد انكشاف وجهه: ما علاقته بفاروق الشرع؟“ (ar). Janoubia (2016-yil 30-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  17. al-Akhirah, Jumada „قائد الإدارة الجديدة في سوريا التقى فاروق الشرع ودعاه لحوار وطني“ [The leader of the new administration in Syria met with Farouk Al-Sharaa and invited him to a national dialogue] (Arabic). aawsat.com (2024-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  18. جزماتي, حسام „سيرة والد الجولاني بقلمه“ (ar). الجمهورية.نت (2024-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  19. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :03
  20. Al-Atrush, Samer; Spencer, Richard „Who is Abu Mohammed al-Jolani? ‘Polite’ Syrian leader heads home“ (en). The Times (2024-yil 11-dekabr). 2024-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  21. Andoza:Multiref2
  22. Hassan, Hassan. „Profile: Abu Mohammad al-Jolani“. The Sunday Telegraph (2024-yil 8-dekabr).
  23. „بعد شهور.. الجولاني يكشف عن أسرار حياته لمارتن سميث“. Al Alam TV (2021-yil 5-iyun). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  24. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Telegr242
  25. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :22
  26. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MEE3
  27. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :23
  28. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Telegr243
  29. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named birth2
  30. Raya Jalabi. „Abu Mohammad al-Jolani, the Syrian rebel leader hoping to overthrow Assad“. Financial Times (2024-yil 7-dekabr). 2024-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  31. Salem, Mostafa „How Syria's rebel leader went from radical jihadist to a blazer-wearing 'revolutionary'“. CNN News (2024-yil 6-dekabr).
  32. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MEE4
  33. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FT242
  34. „Elusive Al-Qaeda leader in Syria stays in shadows“. Times of Israel (2013-yil 4-noyabr). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  35. „Interview-Abu Mohammad al-Jolani“. PBS Frontline (2021-yil 2-aprel). „Most of the information available on the internet is false... No, I didn't meet Abu Musab al-Zarqawi. Abu Musab al-Zarqawi was mostly present in Fallujah and Ramadi and around this region, and I was in Mosul during that time. I was a regular soldier. I wasn't involved in any major operations that I would meet al-Zarqawi.“.
  36. Klausen, Jytte „11: The ISIS Effect“, . Western Jihadism: A Thirty-Year History. Great Clarendon Street, Oxford, OX2 6DP, United Kingdom: Oxford University Press, 2021 — 399-bet. ISBN 978-0-19-887079-1. 
  37. „Interview-Abu Mohammad al-Jolani“. PBS Frontline (2021-yil 2-aprel).
  38. „Who is Abu Mohammed al-Julani, leader of HTS in Syria?“. Al Jazeera (2024-yil 4-dekabr). 2024-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  39. Jalabi, Raya. „Abu Mohammad al-Jolani, the Syrian rebel leader“. Financial Times (2024-yil 8-dekabr). 2024-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  40. Klausen, Jytte „11: The ISIS Effect“, . Western Jihadism: A Thirty-Year History. Great Clarendon Street, Oxford, OX2 6DP, United Kingdom: Oxford University Press, 2021 — 399-bet. ISBN 978-0-19-887079-1. „In August 2011, the new emir of Al Qaeda, Bin Laden's old second-in-command, Ayman al-Zawahiri and Al Qaeda's central command sent Abu Mohammad al-Julani to set up a mission in Syria.“ 
  41. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named auto3
  42. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named auto12
  43. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named auto22
  44. Klausen, Jytte „11: The ISIS Effect“, . Western Jihadism: A Thirty-Year History. Great Clarendon Street, Oxford, OX2 6DP, United Kingdom: Oxford University Press, 2021 — 399-bet. ISBN 978-0-19-887079-1. „Al-Julani and a cadre of experienced operatives from the Al Qaeda high command set up Jabhat al-Nusra, also known in English as the Nusra Front , which was supposed to function as a united front organization for the various jihadist fighter groups. ... The Nusra Front was, following al-Zawahiri's vision, supposed to work as a broad front organization and high command for aligned fighter groups in the area... In other words, al-Julani was the boss directly answering to al-Zawahiri's HQ“ 
  45. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FT243
  46. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named frontline3
  47. „Terrorist Designations of the al-Nusrah Front as an Alias for al-Qa'ida in Iraq“. 2017-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-yanvar.
  48. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ToI132
  49. „An internal struggle: Al Qaeda's Syrian affiliate is grappling with its identity“. Brookings Institution (2015-yil 31-may). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  50. 50,0 50,1 Hassan, Hassan; Weiss, Michael „The Backstory Behind the Fall of Aleppo“ (en). New Lines Magazine (2024-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  51. 51,0 51,1 Zelin 2022, p. 16
  52. Byman, Daniel L.; Williams, Jennifer R. „ISIS vs. Al Qaeda: Jihadism’s global civil war“ (en-US). Brookings. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  53. Klausen, Jytte. Western Jihadism: A Thirty-Year History. Great Clarendon Street, Oxford, OX2 6DP, United Kingdom: Oxford University Press, 2021 — 399-bet. ISBN 978-0-19-887079-1. 
  54. Zelin 2022, p. 17
  55. 55,0 55,1 „Al-Nusra Commits to al-Qaeda, Deny Iraq Branch 'Merger'“. Agence France Presse (2013-yil 10-aprel). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-oktyabr.
  56. „Hundreds killed as ISIL insurgents gain ground in east Syria“. Reuters (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  57. „Qaeda chief annuls Syrian-Iraqi jihad merger“. Al Jazeera English (2013-yil 9-iyun). 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-oktyabr.
  58. 58,0 58,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :43
  59. Liz Sly.. „Al-Qaeda disavows any ties with radical Islamist ISIS group in Syria, Iraq“ (2014-yil 3-fevral). Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
  60. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :52
  61. 61,0 61,1 Zelin 2022, pp. 53-54
  62. „ISIS vows to crush rival rebel groups“. The Daily Star (2014-yil 8-yanvar). 2014-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-oktyabr.
  63. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ToI133
  64. „Nusra leader: No end to conflict with ISIL in Syria“ (en). Al Jazeera (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-dekabr.
  65. „Islamist rivals in Syria find a common enemy in 'crusaders' coalition“ (2014-yil 6-oktyabr).
  66. „U.S. and its allies strike ISIS tank, refineries and checkpoints“. CNN (2014-yil 28-sentyabr). 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-oktyabr.
  67. 67,0 67,1 „Syria Al-Qaeda leader: Our mission is to defeat regime, not attack West“. al-Jazeera (2015-yil 28-may). 2015-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-may.
  68. „Syria's Nusra Front leader urges wider attacks on Assad's Alawite areas to avenge Russian bombing“. The Daily Telegraph (2015-yil 13-oktyabr). 2019-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.