Abu Hotam Attor
Qiyofa
Abu Hotam Attor – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Unga “Zohirda tujjor (savdogar)ga, botinda abrorga oʻxshash”, deb taʼrif berishgan. Abu Turob Naxshabiyning muridi. Bagʻdoddagi tasavvuf maktabining asoschilaridan. Abu Said Xarroz va Junaydning ustozi. Uning “Sayohat qalblar bilandir”, degan fikri naqshbandiylik tariqatidagi “Safar dar Vatan” gʻoyasi bilan uygʻun va hamohang. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.