Abu Hafs Afrankadiy
Abu Hafs Afrankadiy | |
---|---|
Tavalludi |
hijriy 462 yili rajab oyi (milodiy 1070-yil aprel oyi) |
Abu Hafs Afrankadiy (arabcha: ابو حفص الافرنكادي — Abu Hafs Umar ibn Usmon ibn Abdussalom ibn Abdulmalik Afrankadiy) — Muhaddis va roviy.
Abu Hafs Afrankadiy hijriy 462 yili rajab oyi (milodiy 1070-yil aprel oyi)da Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Afrankad qishlogʻida Usmon ibn Abdussalom xonadonida tavallud topgan.
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Hafs Afrankadiy boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan qishlogʻida olagan. Keyinchalik, Samarqand shahriga borib, Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahmon ibn Solih qoziy Buxoriy Samarqandiydan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.
Rivoyat qilgan hadis
[tahrir | manbasini tahrirlash]Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Abu Hafs Afrankadiyning Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahmon ibn Solih Buxoriydan rivoyat qilgan quyidagi hadis keltirilgan: Abu Hafs Afrankadiy: Bizga Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahmon ibn Solih qoziy Buxoriy Samarqandiy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Shayx Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad Rayvarsuni xabar berdi, — dedi. U: Bizga Abu Muhammad ibn Ishoq Karobisiy xabar berdi, — dedi. U: Bizga Abu Muhammad Muzniy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Umar ibn Muhammad ibn Nasr Karxiy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Xolid ibn Aslam hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Abdulmajid ibn Abdulaziz ibn Abu Ravod, u esa Ibn Jurayxdan, u esa Abu Zubayrdan, u esa Jobir roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U aytadi: Rasululloh solallohu alayhi vasallam: „Albatta Alloh taologa taomlarning yaxshirogʻi uning ustida koʻp qoʻl boʻlganidir, — dedilar“[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 65.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand. 487-488.