Kontent qismiga oʻtish

Abu Burda Burayd ibn Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Burda Burayd ibn Abdulloh ibn Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariy al-Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 757-yil (hijriy 140-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • Abdulloh ibn Abu Burda (otasi)
Tanilgan sohasi muhaddis

Andoza:Wikidata image

Abu Burda Burayd ibn Abdulloh (arabcha: أبو بردة بريد بن عبد الله — Abu Burda Burayd ibn Abdulloh ibn Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariy al-Kufiy) — muhaddis.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobosi Abu Burda al-Ash’ariy Kufa qozisi bo‘lgan. Katta bobosi esa mashhur sahoba Abu Muso al-Ash’ariydir. Otasi Abdulloh ibn Abu Burda va bobosi Abu Burda Omir ibn Abu Muso al-Ash’ariylardan hadis rivoyat qilgan. Abu Burda Burayd ibn Abdulloh Kufada olim bo‘lib yetishdi. Bobosidan tashqari Hasan al-Basriy va Ato ibn Abu Raboh kabi tobe’inlardan hadis o‘rgangan. Undan Sufyon as-Savriy, Abdulloh ibn Muborak, Sufyon ibn Uyayna, Abu Usoma, Abu Nuaym al-Fazl ibn Dukayn va b. muhaddislar hadis rivoyat qilganlar. Abu Usoma undan eng ko‘p hadis rivoyat qilgan. Hadis munaqqidlaridan Yahyo ibn Maʼiyn, Abu-l-Hasan al-Ijliy va Ibn Adiy kabi olimlar uni ishonchli muhaddis bo‘lganini aytganlar. Biroq Ahmad ibn Hanbal, Abu Hotim ar-Roziy va Imom an-Nasoiylar uning rivoyatlariga ahamiyat bermaganlar, xossatan yolg‘iz ri­voyat qilgan hadislarini qabul qilmaganlar. „Kutubi sitta“ mualliflari esa uni saduq (to‘g‘ri so‘z) roviy sifatida qabul qilib, rivoyatlarini o‘z asarlariga kiritganlar.

Abu Burda Burayd ibn Abdulloh bobosidan, u esa otasi Abu Muso al-Ash’ariydan rivoyat qilgan „Musnad Burayd“ nomli ad-Doraqutniy tomonidan tartib berilgan qirq hadisdan iborat kitob Sulaymoniya kutubxonasida „Kitāb al-arbaʼӣn va g‘ayruh“ nomli majmua ichida saqlanmoqda. Barchasi sahih rivoyatlardan tashkil topgan „Musnad Burayd“dagi o‘ttiz yettita hadis „Sahӣh al-Buxārӣ“ hamda „Sahӣh Muslim“ asarlariga ham kiritilgani uning moʻtabar manba ekanini ko‘rsatadi[1].

  1. Imom al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Qohira: 1396-97/1976-77. II, 140;
  2. Yahyo ibn Maʼiyn. At-Tarӣx. — Makka: 1399/1979. II, 56;
  3. Al-Ijliy. As-Siqāt. 78;
  4. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53. II, 426;
  5. Az-Zahabiy. Siyar. — Bayrut: 1401-1405/1981-1985. VI, 251-252;
  6. M. Yaşar Kandemir. „Ebû Bürde, Büreyd b. Abdullah“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 115.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.