Abu Bakr al-Juzjoniy
Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy al-Bag‘dodiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 881-yil (hijriy 268-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hanafiy faqihi, mutakallim |
Abu Bakr al-Juzjoniy (arabcha: أبو بكر الجوزجاني — Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy al-Bag‘dodiy) — hanafiy faqihi va mutakallim.
Hayoti haqida ko‘p maʼlumot bo‘lmasa-da, nisbasiga ko‘ra Juzjonda tug‘ilganini taxmin qilish mumkin. Abu Hanifaning yetuk shogirdi Imom Muhammad ibn Hasandan taʼlim olgan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan Bag‘dodda tahsil olgani sababli, al-Bag‘dodiy nisbasi bilan ham atalgani haqida maʼlumotlar bor.
Somoniylar hukmdori Nasr ibn Ahmad davrida (864-892-yillar) Turkistonda bo‘lib o‘tgan jangda vafot etgan. Abu Nasr al-Iyoziy va Abu Mansur al-Moturidiylar Abu Bakr al-Juzjoniyning eng mashhur shogirdlaridan hisoblanadi. Islomiy ilmlarda yuksak mavqega erishgani eʼtirof etilgan Abu Bakr al-Juzjoniyning fiqh va kalom ilmlarida vuquf sohibi bo‘lgani naql qilinadi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalarda Abu Bakr al-Juzjoniyning ko‘plab asarlar yozgani aytilsa-da, ulardan uchtasining nomi zikr qilingan, xolos:
- „Al-Farq va-t-tamyӣz“;
- „Kitāb at-tavhӣd“;
- „Kitāb at-tavba“[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- An-Nasafiy. Tabsira al-adilla. — Damashq: 1990. I, 356-357;
- At-Tamimiy. At-Tabaqāt as-saniyya. I, 277-278;
- Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. I, 144;
- Al-Lakhnaviy. Al-Favāid al-bahiyya. 14, 23;
- Metin Yurdagür. „Cûzcânî, Ebû Bekir“. TDV İA. — İstanbul: 1993. VIII, 97.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |