Kontent qismiga oʻtish

Nasr Ibn Ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nasr Ibn Ahmad, Nasr I ibn Asad Somoniy (taxminan 848 — 893) — somoniylar sulolasi boshligʻi, Samarqand hokimi (865—892).Nasr Ibn Ahmad Norin daryosi boʻyidagi Haylam qishlogʻida tugʻilgan. 874-yil Xuroson hukmdori Muhammad ibn Tohirning ukasi Husayn ibn Tohir Buxoroga bostirib kelgan. Buxoro xalqi zulmga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan va Nasr Ibn Ahmad huzuriga elchilar joʻnatib, somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻragan. Nasr Ibn Ahmad o'z ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib yuborgan. Shundan soʻng Nasr Ibn Ahmad oʻzini butun Movarounnaxr boshligʻi deb bilgan va kumush dirhamlar zarb qildirgan (ilgari dirham tangalar zarb qilishga faqat tohiriylarning huquqi bor edi). Ismoil boʻlsa, akasiga itoat etmay qoʻygan va ular oʻrtasida 888-yil toʻqnashuv boʻlib Nasr Ibn Ahmad qoʻshinlari butunlay tor-mor keltirilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil