Kontent qismiga oʻtish

Abu Ali Hasan Sankabosiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ali Hasan Sankabosiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti XI asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Andoza:Wikidata image

Abu Ali Hasan Sankabosiy (arabcha: الحسن السنكباثى أبو على— Abu Ali Hasan ibn Ali ibn Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼ Sankabosiy) — Roviy.

Abu Ali Hasan Sankabosiy Ali Sankabosiyning oʻgʻli boʻlib, u U XI asrning birinchi yarmida Samarqandga qarashli Sankabos qishlogʻida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlim va hadis ilmining sir-asrorlarini otasi Ali Sankabosiydan oʻrgangan va undan hadislar rivoyat qilgan.

Hasan Sankabosiy aksar hadislarni Muhammad ibn Nasr Marvaziy va Ibrohim ibn Muaʼqil Nasafiy kabi roviylardan rivoyat qilgan.

Hasan Sankabosiydan Abu Muhammad Abdujabbor ibn Muhammad ibn Ahmad Havoriy Bayhaqiy Naysaburda, Amr ibn Shubayb Sankabosiy va Arbinjonning hokimi Abdulmalik ibn Kaʼb Sankabosiylar Sankabosda hadis tinglagan va rivoyat qilgan[1].

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 4. — Bayrut, 1979.