Kontent qismiga oʻtish

Abu-Dabi Plaza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-Dabi Plaza
Абу-Даби Плаза
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Ostona
Shahar Ostona
Mamlakat Qozog'iston
Qurilishi boshlangan 2010-yil
Qurilishi tugagan 2022-yil
Balandligi
Balandligi 320 m
Eng yuqori qavati 75
Texnik holati
Material Beton, metal
Binoning ichki maydoni 510.000 km.kv
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor  UK Foster and Partners
Quruvchi  UAE Aldar Properties
Abu-Dabi Plaza

Abu-Dabi Plaza (qozoqcha: Абу-Даби Плаза) — Qozogʻiston poytaxti Ostonada qurilayotgan koʻpqavatli kompleks.

2009-yilning 11-iyun kuni Qozogʻiston va Birlashgan Arab Amirliklari «Abu-Dabi Plaza» kompleksini qurishga kelishib olishdi va kerakli xujjatlar imzolandi. Oʻsha yili 28-avgust kuni Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev kompleks qurilishining kapsulasini tantanali ravishda joyladi. Bino qurilishi 2010-yilning noyabr oyida boshlandi, 2016-yilning oxirida qurilish yakuniga yetishi rejalashtirilgan. Qurilishdan soʻng «Abu-Dabi Plaza» balandligi boʻyicha Toshkent Teleminorasidan (balandligi 320 metr) oʻzib ketib Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda birinchi oʻrinni egallaydi. Binoning taxminiy balandligi 320 merni tashkil etadi, ushbu raqam binoning 75 qavatdan iborat boʻlishini anglatadi.

«Abu-Dabi Plaza» kompleksining umumiy maydoni 510 ming kv.kilometrni tashkil etadi. Loyiha qiymati $ 1,6 milliard AQSh Dollariga tengdir.

Qurilish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2009-yil, 11-iyun - Qozogʻiston va Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari «Abu-Dabi Plaza» kompleksini qurishga kelishib olishdi va tegishli xujjatlarni imzolashdi.
  • 2009-yil, 28-avgust - Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev kompleks qurilishining kapsulasini tantanali ravishda joyladi.
  • 2010-yil, Noyabr - qurilish joyidagi yerga ishlov berish boshlandi (davomiyligi qariyb bir oy).
  • 2011-yil, Iyun - yerga ishlov berish ishlari davom ettirildi.
  • 2011-yil, Noyabr - svayalar quyilishi boshlandi.