Abdurrahmon valiy maqbarasi
Abdurrahmon valiy maqbarasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | maqbara |
Tasnifi | meʼmoriy yodgorlik |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Abdurrahmon voliy maqbarasi arabcha: ضريح عبد الرحمن ولي — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara (18,5⨯10,8 m) uch gumbazli, tarhi to‘g‘ri burchakli. Ikki sag‘ana bor. Ziyoratxonaning to‘rt tomoni ravoqli. Shimoliy ravoqda eshik o‘rni bor. Bosh tarzidagi peshtoqining ikki burchagida tomga chiqiladigan zina, g‘arbiy devorida mehrob joylashgan. Go‘rxona ikki murabba (tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak) tarhli xona (4,85⨯4,7 m)dan iborat bo‘lib, biridan ikkinchisiga ravoq orqali o‘tilgan. Go‘rxonaning birida ikki qator ganch suvoqli katta-kichik sag‘analar, ikkinchisida xom g‘ishtdan qurilgan yirik sag‘ana joylashgan. Bu xonalarning tomi dastlab gumbazli bo‘lgan. Taʼmir vaqtida tekis tom va sinchli devorlar ishlangan. 1950-1986-yillarda o‘rganilgan va taʼmir qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zME. — T.: 2000. I, 39;
- Islom. Ensiklopediya. — T.: „O‘zME DIN“, 2015. 17.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |