Abdurashid Abduqayumov
Abdurashid Abduqayumov | |
---|---|
Tavalludi |
1-fevral 1943-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | texnik olim |
Sohasi | texnika, transport |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Abdurashid Abduqayumov (1943-yil 1-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (1993), professor (1996).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurashid Abduqayumov 1943-yil 1-fevral Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1966-yilda Toshkent politexnika instituti muhandis-fizika fakultetini tugatgan. 1973-yilda Toshkent politexnika institutining katta oʻqituvchisi, 1975-yilda dotsent, 1987—1991-yillarda „Radioelektron vositalar tuzish va tehnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 1991—1997-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Radioelektron vositalar tuzish va tehnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 1997—2008-yillarda Toshkent davlat aviatsiya institutida „Uchish apparatlari va aeroportlarning radioelektron jihozlari“ kafedrasi mudiri, 2008—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti aviatsiya fakulteti „Uchish apparatlari va aeroportlarning radioelektron jihozlari“ kafedrasi mudiri, 2013—2016-yillarda universitet professori, 2016—2017-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti professori, 2017—2020-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti professori, 2020—2022-yillarda Toshkent davlat transport universiteti „Aeronavigatsiya tizimlari“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2022-yildan Toshkent davlat transport universiteti „Radioelektron qurilmalar va tizimlar“ kafedrasi professori[2].
Iliy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurashid Abduqayumov 1972-yilda „Sanoat avtomatikasining koʻp turgʻunli tarkibiy qismlarini yaratish va tadqiq qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993-yilda „Boshqaruv tizimlarining chastota-fazaviy elektromexanik koʻpturgʻunli tarkibiy qismlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1996-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Abduqayumov Abdurashid“.