Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti
Ushbu sahifani Toshkent davlat transport universiteti bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Xalqaro nomi |
Tashkent Institute of Railway Transport Engineers |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 1931 |
Rektori | Rasulov Ma'rufjon Xalikovich |
Fakultetlar | 5 ta |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Manzili |
100000, 1-uy, Adilxodjaev koʻchasi, Toshkent shahri, Oʻzbekiston |
Veb-sayti | www.tashiit.uz |
Toshkent Davlat Transport Universiteti — Transport va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Osiyo temir yoʻl transporti muhandislari instituti sifatida 1931-yilda tashkil etilgan, 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi. Institut tarkibida 5 ft: tashish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, iqtisodiyot, elektromexanika, temir yoʻl qurilishi va sirtqi ftlar, magistratura markazi bor. Institut qoshida litsey faoliyat koʻrsatadi. Institutda 17 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Institut qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik boʻyicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning ilmiy tadqiqotlar ishlarida, loyihakonstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Institutda 27 kafedra, 60 laboratoriya, tayyorlov boʻlimi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 oʻquv yili institutda 4300 dan ortiq talaba oʻqidi. Institut tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis yetkazib berildi. Institut qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bogʻchasi bor. Institut Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxoʻjayev, A. Gofman va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi.
2020-yil 20-may — Toshkent transport muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Aerokosmik texnologiyalar fakulteti negizida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qurilish fakulteti
- Tashishni tashkil etish va trasnport logistikasi
- Elektromexanika fakulteti
- Iqtisodiyot fakulteti
- Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash markazi
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vagonlar va vagon xoʻjaligi[1]
- Fizika
- Temir yoʻllar elektr taʼminoti
- Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi
- Lokomotivlar va lokomotiv xoʻjaligi
- Temir yoʻldan foydalanish ishlarini boshqarish
- Transport logistikasi va servis
- Temir yoʻl transportida avtomatika va telemexanika
- Elektr aloqa va radio
- Hayot faoliyati xavfsizligi
- Jismoniy tarbiya
- Informatika va kompyuter grafikasi
- Quriilish mexanikasi
- Bino va sanoat inshootlari qurilishi
- Oliy matematika
- Temir yoʻl qurilishi, yoʻl va yoʻl xoʻjaligi
- Koʻpriklar va tonnellar
- Muhandislik kommunikatsiya va tizimlari
- Iqtisodiyot va menejment
- Buxgalteriya hisobi va audit
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar
- Tillar
- Temir yoʻl transportida axborot tizimlari
Yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi | Test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar nomi | Ball |
---|---|---|---|---|
1 | 5111014 | Kasb taʼlimi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
2 | 5620100 | Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari boʻyicha) | Matematika Chet tili Ona tili va adabiyoti |
3.1 2.1 1.1 |
3 | 5610600 | Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) | Matematika Fizika Ona tili va adabiyoti |
3.1 2.1 1.1 |
4 | 5340600 | Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari boʻyicha)[2][3][4] | Matematika Fizika Ona tili va adabiyoti |
3.1 2.1 1.1 |
5 | 5340400 | Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha) | Matematika Fizika Ona tili va adabiyoti |
3.1 2.1 1.1 |
6 | 5340200 | Bino va inshootlar qurilishi (turlari boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
7 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
8 | 5311000 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
9 | 5310700 | Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
10 | 5310600 | Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
11 | 5310200 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
12 | 5230900 | Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) | Matematika Fizika Chet tili |
3.1 2.1 1.1 |
13 | 5230200 | Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | Matematika Chet tili Ona tili va adabiyoti |
3.1 2.1 1.1 |
14 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | Matematika Chet tili Ona tili va adabiyoti |
3.1 2.1 1.1 |
Mashhur bitiruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kafedralar, 2019-09-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-09-02
- ↑ Rasmiy vebsayti, 2021-01-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-11
- ↑ Norasmiy vebsayti
- ↑ Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi rasmiy sayti, 2021-02-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-06-25
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |