Kontent qismiga oʻtish

Abdulrauf Ibrohimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulrauf Ibrohimiy
عبدالرؤوف ابراهیمی
 Volisi Jirgʻa (quyi palata) spikeri
 
Mansab davri
2011-yil 27-fevral – 2019-yil 20-may
Hukumat boshligʻi Abdulloh Abdulloh
2014-yil 29-sentabr — 2020-yil 11-mart
Prezident Ashraf Gʻani
Oʻtmishdoshi Yunus Qonuniy
Vorisi Mirrahmon Rahmoniy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston Qunduz viloyati Imom Sohib tumani
Alma mater Kobul universiteti
Faoliyati Afgʻoniston Volisi Jirgʻa (quyi palata) spikeri

Abdulrauf Ibrohimiy — Afgʻonistonlik oʻzbek qonunchisi va siyosatchi[1].

Abdulrauf Ibrohimiy 1962-yilda Qunduz viloyati shimolidagi Imom Sohib tumanida tug‘ilgan va Ibrohimlar urug‘iga mansub. Boshlang‘ich taʼlimni Imom Sohib tumanidagi Basus o‘rta maktabida tugatgan, so‘ngra Qunduzning Toxariston shahrida 12-sinfgacha madrasada o‘qigan[2]. 1979-yilda oʻrta maktabni tamomlab, Kobul universitetining tillar va adabiyot fakultetiga oʻqishga qabul qilindi.

Sovet Ittifoqi Afgʻonistonga bostirib kirganida u Hizbi Islomiy mujohidlar guruhiga qoʻshilgan. Mujohidlarning gʻalabasidan soʻng 1993-yilda Sherxon quruqlik portiga direktor etib tayinlandi. Keyinchalik u 3-janubiy chegara politsiya zonasi qoʻmondoni etib tayinlandi.

Tolibon rejimi qulaganidan keyin u 2002-yilda chegara politsiyasi qoʻmondoni boʻlib ishlagan, oʻsha yili Favqulodda Loya Jirgʻa aʼzosi etib saylangan. Ibrohimiy 2005-yilda Qunduzdan Volisi Jirgʻa (quyi palata) deputati etib saylangan. U 2010-yilda Volisi Jirgʻa spikeri etib saylanganida ikkinchi marta parlament deputatligini qo‘lga kiritdi. Kobul universiteti adabiyot fakulteti arab tili boʻlimida bakalavr darajasini oldi.