Abdulla Hotifiy
Qiyofa
Abdulla Hotifiy (? – 1521-yil dekabr) – tarixchi va shoir. Abdurahmon Jomiyning jiyani (singlisining oʻgʻli). „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Haft manzar“, „Shoh Ismoil janobi oliylari Shohnomasi“ kabi asarlar yozgan. Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlab va Amir Temur zafarlarini madh etib „Temurnoma“ (yoki „Zafarnoma“) tarixiy dostonini yozgan. Qoʻlyozmasi koʻpgina kutubxonalarda saqlanib qolgan. Uning „Temurnoma“ asari 1869—1896-yillarda Lakxnavda, 1957-yil Madrasda chop etilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |