Abdulkarim al-Andaqiy
Abdulkarim al-Andaqiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1009-yil (hijriy 400-yil) |
Vafoti |
milodiy 1088-yil (hijriy 481-yil) Andaq |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hanafiy faqihi |
Abdulkarim al-Andaqiy (arabcha: عبد الكريم الأندقي – Abu-l-Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa ibn al-Abbos al-Andaqiy) – hanafiy faqihi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarim al-Andaqiy 1009-yilda (hijriy 400-yil) Andaqda tavallud topgan. Yoʻlboshchi-imom, fozil, zohid, taqvodor zot boʻlgan. Oʻz davrida kamtarligi va chiroyli siyrati bilan nom chiqargan.
Abdulkarim al-Andaqiy „Shamsul-aimma“ („Imomlar quyoshi“) nomi bilan tanilgan Abu Muhammad Abdulaziz al-Halvoniydan taʼlim olib, mohir faqih boʻlib yetishgan. Abu Tohir Muhammad ibn Ali al-Ismoiliy, Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Muzakkiy, Abu Nasr Ahmad ibn Ali as-Sinniy, Abu Homid Ahmad ibn Muhammad al-Isfahoniylardan hadis ilmini oʻrgangan. Oʻz navbatida, olimdan Abu Amr Usmon ibn Ali al-Bikandiy hadis rivoyat qilgan.
Abdulkarim al-Andaqiy haj safariga ketayotib, Bagʻdodda toʻxtab oʻtgan. Manbalarda olimning Bagʻdodda taʼlim berishi haqidagi taklifga rad javobini berib, „Men Buxoroda dars beraman“, deb aytgani naql qilinadi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarim al-Andaqiy 1088-yilda (hijriy 481-yil) vafot etgan. Vafot etgan joyi haqidagi maʼlumotlar bizgacha yetib kelmagan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoqut. Mu’jam. – Misr: „As-Saʼoda“, 1906. I, 347;
- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. – Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. I, 129, 218;
- Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. – Karotash: I, 327-328;
- Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. – Samarqand: „Munis design group“, 2016. 73;
- Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 25-26.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |