Kontent qismiga oʻtish

Abdulali ibn Muhammad Birjandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulali ibn Muhammad Birjandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih, matematik, astronom

Andoza:Wikidata image

Abdulali ibn Muhammad Birjandiy — (1526 yoki 1528 — yilda vafot etgan) faqih, matematik, astronom bo‘lgan.

Abdulali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiy Mirzo Ulugʻbek maktabining koʻzga koʻringan namoyandalaridan, astronom va matematika olimi, shuningdek hanafiy faqihlaridan biri. TurkistonningBirjand“ degan joyiga nisbat berilgan. Abdulali ibn Muhammad Birjandiyning tug‘ilgan sanasi haqida maʼlumotlar topilmadi, 1526 yoki 1528—yilda vafot etgan. Maʼlumotlarga qaraganda Abdulali ibn Muhammad Birjandiy Eronning Mashhad shahridagi „Qatlgohmaqbarasiga dafn etilgan. Abdulali ibn Muhammad Birjandiyning tarjimai holi haqida yetarli maʼlumotlar yoʻq. Akademik Qori—Niyoziyning yozishicha, alloma Mirzo Ulugʻbek maktabi namoyandalaridan Muʼinuddinning oʻgʻli Mansur Koshiyning shogirdi boʻlgan. Abdulali ibn Muhammad Birjandiyning ilmiy faoliyati uning bizgacha yetib kelgan ilmiy asarlari bilan ancha oydinlashgan.

Abdulali ibn Muhammad Birjandiy quyidagi asarlarga mualliflik qilgan: „Sharh Ziji Koʻragoniy“ („Koʻragoniy zijiga sharh“). Bu asar Mirzo Ulugʻbekning astronomiya jadvaliga yozilgan mukammal sharh, bo‘lib, Abdulali ibn Muhammad Birjandiy uni 1522—yilda fors-tojik tilida yozgan. Bu sharhning Abdulali ibn Muhammad Birjandiy oʻz qoʻli bilan yozgan, koʻpgina shakllar chizilgan dastxat qoʻlyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (inv. № 704). Qozizoda RumiyningChagʻminiy astronomik risolasi“ga yozgan sharhini izohlagan. Bu asarning bir qancha qoʻlyozma nusxasi hozirgacha yetib kelgan bo‘lib, jumladan, bir nusxasi Sankt-Peterburg Sharqshunoslik institutida (№ 126,2°), yana bir nusxasi Saudiya ArabistoniningMarkazu-l-malik Faysal li-l-buhus va-d-dirosti-l-islomiyya“ kutubxonasida saqlanmoqda. Abdulali ibn Muhammad Birjandiy „Sharhu-t-tahrir Majastiy“ („Majastiy tahririga sharh“) asarining kirish qismida yozishicha, Batlimusning (mil.avv. II asrning 1—yarmi) „Majastiy“ nomli asarini Nosiruddin Tusiy (1274—yilda vafot etgan) „Tahriru-l-Majastiy“ nomi bilan, arab tilida bayon qilgan. Bu tahrirda va unga Nizomuddin Hasan Nisoburiy (Nishopuriy)ning yozgan sharhida koʻpgina izoh talab sirli, qorongʻi istiloh va iboralar borligi uchun Abdulali ibn Muhammad Birjandiy uni qayta sharh qilgan. Arab tilida qilingan Abdulali ibn Muhammad Birjandiy sharhining bir nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (inv. № 464). „Sharhi kitobi bist bobi usturlob dar maʼrifati aʼmol usturlob“ („Usturlob ishlarini bilish haqida yigirma bobli usturlob kitobiga sharh“) asarida Abdulali ibn Muhammad Birjandiy usturlob (astrolyabiya)ni batafsil sharhlaydi va uni astronomiyaning turli masalalariga qoʻllash lozimligi bayon etilgan. Bu asar bir necha qoʻlyozma nusxada hozirgacha yetib kelgan bo‘lib, ulardan biri Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (inv. № 1854). „Risola dar maʼrifati taqvim“ („Yil hisobini bilish haqida risola“). Hozirgacha yetib kelgan bu asar fors-tojik tilida yozilgan. Tojik tilida astronomiya haqida yozilgan risolaning yagona nusxasi Oksfordda saqlanmoqda[1].





  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  1. Зириклий. Ал-аълом. Ж.4. – Б. 30; Каҳҳола. Муъжаму-л-муаллифийн. Ж.5. – Б. 266.; Абдуллаев И., Ҳикматуллаев Ҳ. Самарқандлик олимлар. – Б. 63.