Kontent qismiga oʻtish

Abdul Hamid (siyosatchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdul Hamid
মোঃ আবদুল হামিদ
Bangladesh Prezidenti
Mansab davri
2013-yil 24-apreldan
vaqtincha: – 2013-yil 24-apreldan 14-martgacha – 2023-yil 24-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Sheikh Hasina
Oʻtmishdoshi Zillur Rahmon
Vorisi Muhammad Shahobiddin
Bangladesh parlamenti spikeri
Mansab davri
2009-yil 25-yanvardan – 2013-yil 24-aprelgacha
Oʻtmishdoshi Jamiruddin Sircar
Vorisi Shavkat Ali (v. b.)
Bangladesh parlamenti spikeri
Mansab davri
1996-yil 14-iyuldan – 2001-yil 10-iyulgacha
Oʻtmishdoshi L. K. Siddiqui
Vorisi Akhtar Hameed Siddiqui
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1944-yil (1944-01-01) (80 yosh)
Bengaliya
Siyosiy partiyasi Avom Ligasi
Turmush oʻrtogʻi Rashida Hamid
Bolalari Rejwan Ahammad Taufiq, Rasel Ahmed Tuhin, Riad Ahmed, Shorna Hamid

Abdul Hamid (1-yanvar 1944-yil) – Bangladeshning 16-prezidenti[1][2]. Bangladesh tarixidagi eng uzoq muddat ishlagan prezident boʻlib, 2013-2023-yillarda faoliyat koʻrsatgan[3][4].

Hamid Kishoreganj tumaniga qarashli Mithamain Upazilaning Kamalpur qishlogʻida Muhammad Tayebuddin va Tomiza Xotun oilasida tugʻilgan[5]. Ilk taʼlimni qishloq boshlangʻich maktabida boshlagan. Boshlangʻich taʼlimni tugatgandan soʻng, Bhairab shahridagi Bhairab KB Pilot High Schoolga kirdi. Hamid Kishoreganjdagi Gurudayal hukumat kollejini tugatgan. Dakka universiteti yuridik fakultetini tugatgan[5][6]. 1990-96-yillarda 5 marta Kishoregonj tuman advokatlar kengashi raisi boʻlgan[5].

1959-yilda Gurudayal hukumat kollejining Chhatra partiyasiga kirdi. 1966-67 yillarda partiya Mymensingh tumani boʻlimining vitse-prezidenti etib saylangan[7]. 1969-yil oxirida Avami partiyasiga kirdi. 1970-yilgi Pokiston saylovida Hamid Mymensingh 18-saylov okrugi boʻyicha parlament aʼzosi etib saylandi. 1973, 1986, 1991, 1996, 2001 va 2009-yillardagi umumiy saylovlarda partiya nomzodi sifatida Kishoreganj-5 saylov okrugi deputati etib saylangan. Avami partiyasi hukumati 1996-2001-yil davrda Bangladesh Milliy parlamenti spikeri oʻrinbosari boʻlgan. 2009-yil 25-yanvarda Milliy parlament spikeri boʻldi[8]. 2013-yilda „Mustaqillik“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Hamid 2013-yilning 14-martida Bangladesh prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Singapurda kasalxonada davolanayotgan Prezident Zillur Rahmon esa olti kundan keyin vafot etdi[9]. 2013-yil 22-aprelda raqibsiz prezident etib saylandi. 24-aprel kuni qasamyod keltirdi[10]. 2018-yil 7-fevralda u ikkinchi muddatga raqobatsiz qayta saylandi[11].

Hamid Myanmada Rohinja musulmonlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan boshqariladigan gumanitar koridor tashkil etishni taklif qildi[12].

  1. „Hamid elected president“. The Daily Star (22-aprel 2013). Qaraldi: 22-aprel 2013.
  2. „Speakerʻs Biography“ (deadlink). Bangladesh Parliament. 6-iyul]] 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2011. (Wayback Machine saytida 2011-07-06 sanasida arxivlangan)
  3. „Bangladesh President invites Hasina to form government“. The Hindu. PTI (2019-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  4. „President Hamid made a unique record“ (en). The Daily Star (2018-yil 25-aprel). Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Speaker's Biography“. Bangladesh Parliament. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-mart.
  6. „The Honorable President: H. E. Mr. Md. Abdul Hamid“. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  7. „Life Sketch of Mr. Md. Abdul Hamid“. bangabhaban.gov.bd. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  8. „List of Speakers, Bangladesh Parliament“. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  9. „Bangladesh president Zillur Rahman dies in Singapore“. Firstpost.
  10. „Life Sketch of Mr. Md. Abdul Hamid“. bangabhaban.gov.bd. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  11. „Hamid elected president for second term“. The Daily Star (2018-yil 7-fevral). Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  12. „President Hamid discusses 'Rohingya safe zone' with Turkish President Erdogan“. bdnews24.com (2013-yil 14-sentyabr).