Kontent qismiga oʻtish

Abduhakim Norjigitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norjigitov Abduhakim (1936.16.1, Dashtobod shahrida tug'ilgan.) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965— 1977 yillarda Dashtobod shahridagi 25-maktabda fizika oʻqituvchisi, direktor oʻrinbosari, direktor. 1977-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Yangiyer filialida tayyorlov boʻlimi mudiri, 1979-yildan Zomin tumani 2- maktablararo oʻqituvchi, kombinati direktori, 1989—2002-yillarda Zomin tumanidagi 39-maktabda oʻqituvchi. Ish faoliyati davomida zamon talabi darajasidagi fizika va agrofizika kabinetlar, fizika-matematika, chuqur oʻrganiladigan sinflar tashkil etdi, tabaqalashtirilgan test usulini qoʻlladi va ommalashtirdi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil