Kontent qismiga oʻtish

Abdibek Sheroziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdibek Sheroziy
Tavalludi
Xoja Zaynulobidin Ali Abdibek Navidi Sheroziy

19-avgust 1515-yil
Vafoti 1580-yil
Fuqaroligi Safaviylar davlati
Kasbi Shoir, tarixchi, tarjimon

Abdibek Sheroziy (forscha: عبدی بیگ شیرازی; toʻliq ismi: Xoja Zaynulobidin Ali Abdibek Navidi Sheroziy; 1515-yil 19-avgust — 1580-yil) — shoir, tarixchi, tarjimon va 3 ta „Xamsa“ muallifi hisoblanadi[1].

Abdibek Sheroziy 1515-yil 19-avgustda tugʻilgan. U faqatgina shoir emas, tarixchi ham boʻlgan boʻlib, uning „Takomilat al-axbor“ nomli asari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari u 3 ta „Xamsa“ yozgan, 3 ta gʻazallar devoni tuzgan, 2 ta tarjima asari bor va boshqa har xil risolalar muallifi hisoblanadi. Lekin uning faqat 9 ta asarida nashr ettirilgan.

Abdibek Sheroziyning „Xamsa“sidagi 5-dostonining („Oynai Isakandariy“) tanqidiy matnini Abdulfazl Hoshim oʻgʻli Rahimov amalga oshirgan boʻlib, u Moskvadagi „Nauka“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Abdibek Sheroziy 1580-yilda vafot etgan[2].

  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.