Kontent qismiga oʻtish

Abbos burni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abbos burni — Orol dengizining janubiy qirgʻogʻidagi burun. Gʻarbda Toldiq qoʻltigʻi, shimoliyva sharqda ochiq dengiz bilan oʻralgan edi. Abbos burni aslida Amudaryoning Koʻnadaryo tarmogʻi loyqalaridan vujudga kelgan. Yer yuzasi pasttekislik. Qirgʻoqlari qumloq, qamishzor boʻlgan. 1961-yildan Orol dengizi suvi sathi pasayib ketishi tufayli, geografik joy sifatida tabiiy xususiyati-ni (mavqeini) yoʻqotdi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil