Abbos III
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Abbos III (1732—1740) (forscha: شاه عباس سوم) Safaviylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi fors shohi. Abbos shoh Taxmasp II ning oʻgʻlidir. 1732-yilning avgustida yirik Eron sarkardasi Nodir shoh Taxmaspni taxtdan agʻdarib, sakkiz oylik oʻgʻli Abbos III ni yangi shoh deb eʼlon qilib, uning qoʻl ostidagi davlatning haqiqiy hukmdori boʻlgan. 1736-yilning martida Nodirshoh Abbos IIIni ham taxtdan agʻdarib, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Abbos Sabzavordagi otasi Tahmaspning zindoniga tashlangan. 1740-yilda Xuroson hokimi Rizoquli Mirzoning buyrugʻi bilan Nodirshohning toʻngʻich oʻgʻli sakkiz yoshli Abbos otasi Tahmasp bilan birga hibsda oʻldirildi.