A Happy Death
Birinchi nashrning muqovasi | |
Asl nomi | La mort heureuse |
---|---|
Muallif(lar) | Albert Camus |
Mamlakat | Fransiya |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | Ekzistensialist, absurdist |
Nashr etilgan sanasi | 1971 |
Nashriyot |
Fransuzcha: Gallimard |
ISBN | 0-679-76400-3 |
OCLC | 33430967 |
A Happy Death (asl nomi La mort heureuse) – absurdist, fransuz yozuvchisi hamda faylasufi Albert Camus qalamiga mansub roman. Kitobning ekzistensialistik mavzusi asosan, „baxt irodasi“, oʻz baxtini ongli ravishda yaratish va buning uchun vaqt (va pul) kerakligi haqida. Unda muallifning xotiralari, jumladan, Jazoirning dengiz komissiyasidagi ishi, sil kasalligi bilan ogʻriganligi va Yevropaga qilgan sayohatlari haqida soʻz boradi.
Camus bu romanni 1936-1938 yillarda yozgan, ammo keyin uni nashr qilmaslikka qaror qilgan. Oxir-oqibat, roman 1971-yilda, muallifning vafotidan 11 yil oʻtgach nashr etilgan. 1972-yilda esa Richard Howard Camusning ushbu romanini ingliz tiliga tarjima qilgan.
A Happy Death Camusning birinchi romani boʻlib, 1942-yilda nashr etilgan eng mashhur Begona asari uchun asos boʻlgan. A Happy Deathning bosh qahramoni "Begona" asaridagi „Mersault“dek, „Patrice Mersault“ ismli kishi edi. Ammo, "A Happy Death" uchinchi shaxsda, "Begona" esa birinchi shaxsda yozilgan.
Xulosa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roman 100 sahifadan sal koʻproq boʻlib, ikki qismdan iborat.
„Natural Death“ deb nomlangan 1-qism Patrice Mersaultning ofisdagi zerikarli ishi va sevgilisi Marthe bilan maʼnosiz munosabatlarini tasvirlaydi. Mersault boy, nogiron Roland Zagreus (Zagreus yunon mifologiyasining qahramoni) bilan tanishadi, u Mersaultga: „Baxtli boʻlish uchun vaqt kerak. Koʻp vaqt. Baxt ham uzoq sabr ortidan keladi. Deyarli har bir holatda, biz pul topish uchun butun hayotimizni sarflaymiz“ deb toʻgʻri yoʻlni koʻrsatadi. Zagreus uning hayoti maʼnosiz va isrofgarchilikdan iborat ekanligini nazarda tutadi va shu sababli Mersault boy odamning pullari bilan oʻz baxtini yaratish uchun uni oʻldirishga qaror qiladi.
„Conscious death“ deb nomlangan 2-qism Mersaultning Yevropaga navbatdagi safaridan keyingi voqealarni oʻz ichiga oladi. Shahardan shaharga poezdda sayohat qilib, tinchlik topa olmaydi va Jazoirga qaytib, uchta yosh ayol doʻstlari bilan dengiz yaqinidagi baland uyda yashashga qaror qiladi. Bu yerda yashayotgan hammaning bitta maqsadi bor edi: dunyoni tark etib, baxtga intilish. Ammo Mersault yolgʻizlikka muhtoj edi. U oʻzi sevmaydigan Lucienne ismli ayolga uylanadi, dengiz boʻyidagi qishloqdan uy sotib oladi va uyga yolgʻiz oʻzi koʻchib oʻtadi. „Bu tunda uning hayoti unga shunchalik uzoq boʻlib tuyuldiki, u shunday yolgʻiz, hamma narsaga hattoki, oʻziga befarq edi, Mersault nihoyat oʻzi xohlagan narsaga erishganini his qildi“. U oʻsha yerda „toshlar orasida, yuragining quvonchida harakatsiz olamlarning haqiqatiga qaytadi“ yaʼni ogʻir kasal boʻlib, baxtli oʻlim bilan vafot etadi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anatol Broyard tomonidan sharh, The New York Times, 1972 yil 13 iyun
- A Happy Death haqidagi eslatmalar, Bob Korbett
- A Happy Death, Richard Howard tomonidan tarjima qilingan
- David Lathamning sharhidan