AS Monaco F.C.
Fayl:LogoASMonacoFC2021.svg | ||||
Toʻliq nomi | Association Sportive de Monaco Football Club | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi |
Les Rouge et Blanc (The Red and Whites) Les Monégasques (The Monégasques) Le Rocher (The Rock) | |||
Qisqa nomi | AS Monaco, ASM | |||
Asos solingan | 23-avgust, 1924-yil | |||
Stadioni | Stade Louis II | |||
Sigʻimi | 16,360[1] | |||
Owners |
Monaco Sport Investment Ltd (66.67%) House of Grimaldi (33.33%) | |||
President | Dmitry Rybolovlev | |||
Head coach | Adi Hütter | |||
Liga | Andoza:French football updater | |||
Oʻrni | Andoza:French football updater | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
Association Sportive de Monaco Football Club – odatda AS Monaco deb ataladi. Monako knyazligining Fontvieille shahri sharafini himoya qiluvchi professional futbol klubi[2].Garchi Fransiya hududida joylashgan boʻlmasa-da, u Fransuz Futbol Federatsiyasi (FFF) tarkibiga kiradi va hozirda Fransiya futbolining yuqori ligasi boʻlgan Ligue 1da ishtirok etadi. 1918-yilda tashkil etilgan jamoa uy uchrashuvlarini Stade Louis II stadionida oʻtkazadi[3]. Uning mashgʻulot markazi qoʻshni Fransiyada, La Turbie shahrida joylashgan[4].
Fransiya klubi boʻlmasa-da, Monaco fransuz futbolidagi eng yaxshi klublardan biri boʻlib, sakkiz marta liga chempionligini, beshta Fransiya kubogi va bitta Coupe de la Liga kubogini qoʻlga kiritgan[5][6]. Klub Yevropa futbolida ham bir necha bor oʻynagan va 1992-yilda UEFA kubogi va 2004-yilda UEFA Chempionlar ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan[7][8].
Klubning anʼanaviy ranglari qizil va oq boʻlib, klub Les Rouge et Blanc nomi bilan tanilgan[9]. Monaco Yevropa klublar assotsiatsiyasi aʼzosi. 2011-yil dekabr oyida klubning uchdan ikki qismi rossiyalik oligarx va milliarder Dmitriy Rybolovlev boshchiligidagi investitsiya guruhiga sotildi[10]. Rybolovlevning moliyaviy koʻmagi bilan klub tezda Liga 1ga qaytdi va 2016-17-yilgi Liga 1da gʻolib chiqdi, ular 17 yil ichida ilk marta liga chempionligini qoʻlga kiritdilar.
Holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropaning boshqa bir qancha kichik davlatlaridan farqli oʻlaroq, Monaco biror marta ichki liga tashkil etmagan va hech qachon UEFA yoki FIFAga alohida aʼzolikka intilmagan. Shu sababli „Monaco“ oʻz mamlakatida oʻynaydigan mahalliy ligasi yoʻq, shuning uchun u Fransiya liga tizimiga koʻchirildi. AS Monaco Fransiya ligasiga toʻliq aʼzo boʻlib, bu unga Fransiya sharafini Yevropa oʻyinlarida himoya qilish huquqini beradi. Yevropa boʻyicha yana bir nechta xorijiy futbol klublari faoliyat yuritmoqda, lekin AS Monaco xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlmagan mamlakatni namoyon qilishi bilan ajralib turadi. Vaduz Lixtenshteynning boshqa klublari qatorida Lixtenshteynning ligasi yoʻqligi sababli Shveysariya liga tizimida oʻynasa-da, bu klublar oʻz vatanida ichki kubokka ega va shu tariqa Yevropa futboliga yoʻllanma oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]AS Monaco FC 1920-yil 1-avgustda Fransiya va qirollikda joylashgan koʻplab mahalliy klublarni birlashtirish natijasida tashkil etilgan. 1924-yil 23-avgustda Sportive de Monaco assotsiatsiyasining bir qancha sport klublari tashkil etildi[11]. Soʻngra AS Monaco FC Monegasque sport klubining futbol boʻlimiga aylandi[12].
Jamoaning dastlabki yillari Provans-Alpes-Kot d’Azur mintaqasining havaskor hududiy boʻlimlarida oʻynagan va 1920-yillarda ligalar orasida shiddat bilan oʻsgan. 1933-yilda Monaco Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan proffesional ligaga taklif qilindi. Monegasquesning ikkinchi diviziondagi birinchi yili muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, sababi ular keyingi yili havaskorlar ligasiga tushib ketishdi.1948-yilga kelib, Monaco oʻzining professional maqomini qayta tikladi va Fransiya ikkinchi divizioniga qaytdi. Keyinchalik ular doimiy yuqori pogʻonalarda mavsumni tugatdilar, bu barqaror saʼy-harakatlar bilan 1953-yilda birinchi marta klub Fransiya birinchi divizioniga koʻtarildi.
1960-1986-yillar: Ichki yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-yilda Monaco bosh murabbiyi Lyusen Leduc klubni oʻzining birinchi professional kubogi – Fransiya kubogi finaliga olib chiqdi va qoʻshimcha boʻlimda Saint-Étienneni 4:2 hisobida magʻlub etdi. Ushbu dastlabki muvaffaqiyat soʻng keyingi yili klub oʻz tarixida birinchi marta Fransiya chempionatida gʻalaba qozonib, Yevropa kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Leduc keyinchalik klubni 1963-yilda birinchi Liga va Kubok Dubliga olib chiqdi.1963-yilda Leduk ketganidan soʻng, Monaco keyingi oʻn yillikda liga jadvalining oʻrtasidan joy oldi va 1963-yildan keyin birinchi va ikkinchi divizionlar oʻrtasida almashinib turdi. 1975-yilda sobiq prezident Charles Camporaning oʻgʻli Jean-Louis Campora klub raisi boʻldi. Ikkinchi mavsumda u Ledukni qaytardi, u darhol klubni birinchi divizionga olib chiqdi va keyingi yili 1978-yilda chempionlikni qoʻlga kiritdi[13] [14].Leduc yana 1979-yilda klubni tark etdi va uning oʻrniga Lucien Muller va Gerard Banide keldi, ikkalasi ham klubning tanazzulini toʻxtata olmadilar.
1980-yillarning boshlarida Monaco milliy musobaqalarda ketma-ket muvaffaqiyatga erishdi. Monaco deyarli har ikki yilda chempionlikni qoʻlga kiritdi. 1980 va 1985-yillarda Fransiya kubogi, 1982-yilda Fransiya chempionati, 1984-yilda Fransiya kubogi finalchisi boʻlgan. 1985-86-yilgi mavsumda Monaco Bordo klubini 9:0 hisobida magʻlub etdi, bu klub tarixidagi eng yirik gʻalabalardan biri edi[15].
Monaco klubi oʻz muvaffaqiyatli yurishlarini Yevropa musobaqalarida davom ettirolmadi. Shu paytgacha Monaco hech qachon Yevropa musobaqalarining birinchi bosqichidan oʻtmagan edi. Monaco Dundee United (1981), CSKA Sofiyaga ikki marta (1982 va 1984) va Universitatea Craiovaga (1985) yutqazdi[16].
1990-yillar: Venger va Tigana
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yilda Rinus Mishelsning oʻrnini egallagan va Gollandiya chempionlari bilan oʻzining umumiy futbol gʻoyalarini takomillashtirgan Ayaksning sobiq bosh murabbiyi Ștefan Kovács Monaconi boshqarish uchun uch yillik shartnoma imzoladi, ammo u ham klubga muvaffaqiyat keltira olmadi. Klub tanazzulga yuz tuta boshlagan sababli, ular uncha mashhur boʻlmagan Arsène Wenger bilan shartnoma imzoladilar. U bungacha Nancy jamoasi bilan unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagandi. Venger davrida klub oʻzining eng muvaffaqiyatli davrlaridan birini boshdan kechirdi, jumladan George Weah, Glenn Hoddle, Jürgen Klinsmann va Yuri Djorkaeff jamoani boshqargan vaqtlardan ancha yaxshi davrni. Jamoaning yoshlar bilan ishlash siyosati boʻlajak Jahon chempionati gʻoliblari Emmanuel Petit, Lilian Thuram va Thierry Henryni yetishtirdi. Venger qoʻl ostida ular oʻzining birinchi mavsumida (1988-yilda) va 1991-yilda Fransiya kubogida gʻolib chiqishdi, klub Yevropa kubogining soʻnggi bosqichlarida muntazam ravishda ishtirok etib, muntazam ravishda liga chempioni boʻlish uchun kurash olib bordi[17]. Klub bu davrda yanada katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin edi, chunki 1993-yilda achchiq raqiblari Marseille oʻyinlarni tartibga solish va koʻplab qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi maʼlum boʻldi, bu fikr Wenger tomonidan uzoq vaqtdan beri qoʻllab kelingan edi[17]. 1994-yilda Monaco rahbariyati Germaniyaning Bavariya klubi bilan vakansiyali boshqaruv boʻyicha muzokaralar ochishga toʻsqinlik qilgandan soʻng, Wenger klubni tark etdi[17][18].
Wenger ketganidan soʻng, klub yana 1997-yilda Jean Tigana va 2000-yilda Claude Puel qoʻl ostida ikkita liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik klub koʻplab moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. 2003-yilda bu moliyaviy muammolar keskinlashdi. Ligada ikkinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, klub 50 million yevro (68 million dollar) qarzdorlik uchun Fransiya Professional Ligasi tomonidan Liga 2 ga tushirildi[19].Bu ariza oʻyinchilarni sotib olishni taqiqlash bilan qisqartirilgan boʻlsa-da, 28 yil davomida rahbarlik qilgan prezident Jan-Lui Kamporani isteʼfoga chiqarishga majbur qildi. Uning oʻrniga qirollik shahzodalar oilasiga yaqin boʻlgan, ammo futbol tajribasiga ega boʻlmagan boshqaruvchi Per Svara keldi[20].
Keyingi mavsumda klubning moliyaviy qiyinchiliklarini hisobga olgan holda maydonda ajoyib natijalarga erishildi. Fransiya terma jamoasining sobiq sardori Didier Deschamps boshchiligidagi va Fernando Morientes, Ludovic Giuly, Jérôme Rothen va Dado Pršo kabi yetakchilardan iborat jamoa Liga 1da uchinchi oʻrinni egalladi va UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar ajoyib oʻyin oʻtkazib, bu yoʻlda Real Madrid va Chelsini magʻlub etdi. Maydondagi muvaffaqiyatga qaramay, 2003-04-yilgi mavsum klub tarixidagi eng yomon moliyaviy yil boʻldi. 12 oy ichida Deschamps murabbiy lavozimini tark etdi va Svara oʻrniga Mishel Pastor tayinlandi[19].
Faoliyatining yakunlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Deschamps oʻrniga Franchesko Guidolinni ijaraga olgandan soʻng, Pastorning asosiy vazifalaridan biri klubni Yevropaning eng yaxshi klublaridan biriga aylantirgan oʻyinchilarni ushlab turish edi. Biroq, u ularni qolishga ishontira olmadi va ularning oʻrinbosarlari oldingi muvaffaqiyatlarni takrorlay olmadilar. Guidolin atigi bir yil faoliyat yuritdi, uning oʻrniga yordamchi murabbiy Laurent Banide keldi, u esa oʻz navbatida braziliyalik Rikardo Gomes bilan almashtirilgunga qadar bor-yoʻgʻi bir yil faoliyat yuritdi. 2008-yilga kelib klubda 4 yil ichida 6 ta murabbiy almashdi, bunday natijadan keyin Pastor klubdan ketishiga toʻgʻri keldi.
2008-yilda 2003-yildan beri klubning yetakchi aksiyadori boʻlgan Jérôme de Bontin toʻliq oʻzgarishni vaʼda qilib, klubni boshqarish huquqini oldi. Uning prezidentlik davrida klub Park Chu-young va Freddi Adu kabi oʻyinchilarni olib keldi, ammo ular oʻyinda unchalik muvaffaqiyat qozonmadilar, qiyin mavsumni boshdan kechirdilar va mavsumni oʻrta pogʻonada yakunladi. De Bontin mavsum oxirida isteʼfoga chiqdi, uning oʻrniga banker Eten Franzi va yangi boshqaruv kengashi tayinlandi[21].
2009-yil iyul oyida Rikardo Gomes oʻrnini Kann va Rennning sobiq murabbiyi Guy Lacombe egalladi va muhlislar tomonidan yuqori baholangan yoshlar jamoasidan iborat tarkibni oldi, ular orasida Sedrik Mongongu, Serj Gakpé, Vinsent Muratori, Frederik Nimani, Nikolas N’Kulu, Park Chu-young, Yohan Mollo va Yohann Thuram-Ulienlar bor edi[22].Lacombe oʻzining birinchi mavsumida Monaconi Ligue 1da sakkizinchi oʻringa olib chiqdi, ammo u ikkinchi mavsumida bu natijani takrorlay olmadi va 2011-yil yanvar oyida ishdan boʻshatildi. Monaco Ligue 1da 17-oʻrinni egalladi. Uning oʻrniga sobiq murabbiy Laurent Banide keldi, u ham klubning taqdirini oʻzgartira olmadi. Monaco 2010-2011-yilgi mavsumni 18-oʻrinda yakunladi va shu tariqa Liga 2 ga tushib ketdi.
2011-yil dekabr oyida klubning 66,67% aksiyalari rossiyalik oligarx va milliarder Dmitriy Rybolovlevga sotildi. Klub Liga 2 ning pastki pogʻonasida edi[23]. Banide 2011-12-yilgi mavsumning yomon boshlanishi tufayli ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga italiyalik murabbiy Marko Simone keldi. Garchi u mavsum oxiriga kelib klubni sakkizinchi oʻringa koʻtargan boʻlsa-da, klub rahbariyati kelgusi mavsumda koʻtarilishni maqsad qilgan va shuning uchun uni ishdan boʻshatib, hamyurti Klaudio Ranierni lavozimga tayinlagan, uning hujumkor futbol uslubi 2012-13-yilgi mavsumda klub 64 ta gol urishiga sabab boʻlgan. Mavsum davomida faqat toʻrt marta magʻlub boʻlgan Monaco mavsumni chempion sifatida yakunladi va Liga 1 ga qaytdi. Rybolovlevning pul mablagʻlaridan foydalangan holda, Monaco 2013-yilda Yevropadagi eng yirik investorlardan biri boʻlib, taxminan 140 million funt sterling sarfladi, shu jumladan Atletiko Madrid vakili Radamel Falcao uchun 50 million funt sterling va „Portu“ klubi vakili Jeyms Rodriges uchun 40 million funt sterling sarfladi[24]. Monaco 2013-14-yilgi mavsumda Ligue 1da 2-oʻrinni egalladi va Ranieri oʻrniga Leonardo Jardim keldi. Keyingi mavsumda Monaco xarajatlarni qisqartirdi, Rodrigesni Real Madridga 75 million yevroga sotdi va Falcao „Manchester Yunayted“ga ijaraga berildi. Katta miqdordagi sarf-harajatlarga qaramay, Monaco Liga 1da 3-oʻrinni egalladi va Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi. 1/8 finalda Arsenalni magʻlub etib, Yuventus bilan toʻqnash keldi. 2013-14-yilgi mavsumning eng yaxshi toʻpurari Anthony Martial barcha musobaqalarda 12 ta gol urdi va yozda 60 million yevro evaziga „Manchester Yunayted“gatransfer qilindi, bu futbol tarixidagi yosh futbolchi uchun toʻlangan eng koʻp pul miqdori edi[25].Bu Geoffrey Kondogbia, Layvin Kurzava, Yannick Carrasco, Aymen Abdennour, Lucas Ocampos va boshqalarning sotuvi bilan birlashtirilganda, Monaco klubi transfer oynasida 180 million yevrodan ortiq daromad qildi.
Liga 1 dagi gʻalaba (2016-hozir)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monaco 2017-yilning 17-mayida AS Saint-Étienneni 2:0 hisobida magʻlub etib, Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi[26]. Radamel Falcao va Kylian Mbappe mos ravishda 30 va 26 ta gol urib, 17 yil ichida birinchi Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi. Monaco mavsumning soʻnggi 20 oʻyinida yengilmay, oʻsha 20 oʻyinning 18 tasida gʻalaba qozondi.
2016-17-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida Monaco birinchi oʻyinda Manchester Cityga 5:3 hisobida magʻlub boʻldi[27] va oʻz uyida Angliya jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, safarda gʻalaba qozondi. Keyin Monaco Dortmundning „Borussiya“sini umumiy hisobda 6:3 hisobida magʻlub etdi va Juventusga ikki oʻyinda 4:1 hisobida magʻlub boʻldi. Yozda Kylian Mbappe 180 million yevro evaziga sotib olish sharti bilan raqobatchisi PSGga ijaraga oʻtdi va bu Neymardan keyin tarixdagi ikkinchi eng qimmat transfer narxiga aylandi[28]. Jamoadoshlari Bernardo Silva va Benjamin Mendy „Manchester Siti“ga 100 million yevrodan koʻpga, Tiemué Bakayoko esa „Chelsi“ga 40 million yevroga sotildi. Monaco 2017-18-yilgi Liga 1da liga gʻolibi PSGdan 13 ochko ortda qolib, 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. 2018-yilning yozida Fabinho „Liverpool“ga 42 million yevroga sotilgan.
Jardim mavsumni yomon boshlaganidan keyin 2018-yil oktabr oyida Thierry Henry bilan almashtirildi[29]. Henry yanvar oyida oʻz lavozimidan chetlashtirildi va Jardim bir necha kundan keyin qaytdi[30][31]. Monaco mavsumni 17-oʻrinda yakunladi va 2 ochko bilan quyi ligaga tushib ketishdan saqlanib qoldi[32]. 2019-yil dekabr oyida Jardim 14 oy ichida ikkinchi marta ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga sobiq Ispaniya bosh murabbiyi Robert Moreno tayinlandi[33][34].
2019-2020-yillarda COVID-19 pandemiyasi tufayli futbol mavsumi toʻxtatildi. Monaco mavsumni 9-oʻrinda yakunladi. Moreno iyul oyida ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga „Bavariya“ning sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach keldi, u keyingi mavsumni 78 ochko bilan uchinchi oʻrinda yakunladi va 38 ta oʻyindan 24 tasida (63%) gʻalaba qozondi[35]. Kovač 2022-yil boshida Filipp Klement bilan almashtirildi[36]. Clementning ikki mavsum davom etgan faoliyati davomida klub Chempionlar ligasi guruh bosqichidan chiqa olmadi, buning oʻrniga ular Yevropa ligasida ishtirok etishdi va u yerda dastlabki pley-off bosqichiga chiqishdi. Bundan tashqari, ular uning soʻnggi mavsumida 6-oʻrinni egallab, yevrokuboklarga yoʻllanmadan quruq qolishdi[37].
2023-yilning 4-iyulida Monaco klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Adi Xyuterni klubga bosh murabbiy etib tayinlandi[38]. Boshqaruvdagi birinchi mavsumida u klubni 2023-24-yilgi mavsumda ikkinchi oʻringa olib chiqdi va 2018-19-yildan beri birinchi marta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma oldi[39].
Stadion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monaco 1939-yilda qurib bitkazilgan Stade Louis II stadionida uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. 1985-yilda stadion hozirgi versiya bilan almashtirildi, u Oʻrta yer dengizidan qaytarib olingan yerda qurilgan, bu stadion dengiz boʻyidagi muhitining oʻziga xos xususiyatiga aylandi. Stadion sobiq Monaco shahzodasi Lui II sharafiga nomlangan va jami 18523 nafar tomoshabinni oʻz ichiga olishi mumkin[40][41]. Stade Louis II oʻzining toʻqqizta ramziy arki bilan ajralib turadi va koʻplab sport tadbirlari va Yevropa kubogi finallariga mezbonlik qilgan. 1998-yildan 2012-yilgacha har avgust oyida u yillik UEFA Superkubogining har bir bosqichiga mezbonlik qildi, ammo 2013-yildan boshlab UEFA tadbirni turli stadionlarda oʻtkazishga qaror qildi.
Klub prezidentlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Prezident |
---|---|
1948–1951 | Étienne Boéri |
1952–1953 | Roger-Félix Médecin |
1954 | Joseph Fissore |
1955 | Charlz Kampora |
1956–1957 | Roger-Félix Médecin |
1958–1959 | Charlz Kampora |
1960–1963 | Antoyn Romagnan |
1964–1968 | Max Principale |
1969 | Edmond Aubert |
1970–1972 | Henry Rey |
1973–1974 | Henri Orengo |
1975 | Henri Corvetto |
1976–2003 | Jean-Louis Campora |
2003–2004 | Pierre Svara |
2004–2008 | Michel Pastor |
2008–2009 | Jérôme de Bontin |
2009–2011 | Etienne Franzi |
2011– | Dmitriy Rybolovlev |
Klub murabbiylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovrinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki musobaqalarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ligue 1
- Chempion(8): 1960-61, 1962-63, 1977-78, 1981-82, 1987-88, 1996-97, 1999-2000, 2016-17
- 2-oʻrin: 1963-64, 1983-84, 1990-91, 1991-92, 2002-03, 2013-14, 2017-18, 2023-24
- Ligue 2
- Chempion: 2012-13
- Uchinchi oʻrin: 1952-53, 1970-71, 1976-77
- Championnat de France Amateur
- Chempion (3): 1963-64, 1970-71, 2007-08
- Fransiya kubogi:
- Chempion (5): 1959-60, 1962-63, 1979-80, 1984-85, 1990-91
- 2-oʻrin (5): 1973-74, 1983-84, 1988-89, 2009-10, 2020-21
- Coupe de la Ligue
- Chempion: 2002-03, 2002–03
- Uchinchi oʻrin: 2000-01, 2016-17, 2017-18
- Trophée des Champions
- Chempion (4) : 1961, 1985, 1997, 2000
- Uchinchi oʻrin: 1960, 2017, 2018
- Charles Drago kubogi
- Chempion: 1961
Yevrokuboklar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yevropa chempionlar kubogi
- Ikkinchi oʻrin: 1991–92
- UEFA chempionlar ligasi
- Ikkinchi oʻrin: 2003–04
UEFA klublar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 12-iyul holatiga ko‘ra [42]
Oʻrin | Klub | Ochkolar |
---|---|---|
63 | Galatasaroy | 25.500 |
64 | LASK | 25.000 |
65 | Monaco | 24.000 |
66 | Midtjylland | 23.500 |
67 | Union Berlin | 23.000 |
Klub oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bold hali ham klubda oʻynaydigan oʻyinchilarni bildiradi.
- 2024-yil 19-may holatiga ko‘ra
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Faqat rasmiy uchrashuvlar.
# | Ismi | Yillar | Uchrashuvlar |
---|---|---|---|
1 | Jean-Luc Ettori | 1975–1994 | 755 |
2 | Claude Puel | 1979–1996 | 602 |
3 | Jean Petit | 1969–1982 | 428 |
4 | Manuel Amoros | 1980–1989 | 349 |
5 | Christian Dalger | 1971–1980 | 334 |
6 | Marsel Dib | 1985–1993 | 326 |
7 | Fransan Ludo | 1953–1962 | 319 |
8 | Luc Sonor | 1986–1995 | 315 |
9 | Micheal Hidalgo | 1957–1966 | 304 |
10 | Armand Forchério | 1961–1972 | 303 |
Eng yaxshi toʻpurarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Faqat rasmiy uchrashuvlar.
# | Ismi | Yillar | Gollar |
---|---|---|---|
1 | Delio Onnis | 1973–1980 | 223 |
2 | Wissam Ben Yedder | 2019– | 118 |
3 | Lucien Kossu | 1959–1965 | 115 |
4 | Christian Dalger | 1971–1980 | 89 |
5 | Radamel Falcao | 2013–2019 | 83 |
6 | Jean Petit | 1969–1982 | 78 |
7 | Viktora Ikpeba | 1993–1999 | 77 |
8 | Yvon Dui | 1961–1967 | 74 |
9 | Youri Djorkaeff | 1990–1995 | 68 |
10 | Sonny Anderson | 1994–1997 | 67 |
Shabani Nonda | 2000–2005 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Presentation of the Stade Louis-II“. asmonaco.com. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
- ↑ abbreviated as ASM or Monaco.
- ↑ „Status“ (en-US). AS Monaco. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
- ↑ „AS Monaco's training centre inaugurated in star-studded celebration“ (2022-yil 5-sentyabr). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ „AS Monaco FC history and facts“. www.footballhistory.org. 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ uefa.com. „Monaco“ (en). Uefa.com. 2020-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ „UEFA Cup Winners' Cup – winners and history“. footballhistory.org. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
- ↑ „Porto 3–0 Monaco“ (en-GB) (2004-yil 26-may). 2017-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
- ↑ uefa.com. „Monaco“ (en). Uefa.com. 2020-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
- ↑ „Russian billionaire Dmitry Poloz takes over Monaco“. BBC Sport (2011-yil 23-dekabr). 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
- ↑ FIFA.com. „Clubs - News - Monaco's rocky road to the top“ (en-GB). www.fifa.com. 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
- ↑ „The origins (1919-1930)“. AS Monaco. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
- ↑ Patrick Reilly. „Top 10 Promoted Teams Who Stunned Their Top League“. Goal (2010-yil 21-sentyabr). 2022-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ Karel Stokkermans. „English Energy and Nordic Nonsense“. RSSSF (2018-yil 17-iyun). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Ligue1.com – French Football League – Ligue 1, Ligue 2, Coupe de la Ligue, Trophée des Champions“. Frenchleague.com. 2008-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
- ↑ „AS Monaco – Dates & results 1985/1986“. Bundesliga.weltfussball.at. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 Jasper Rees. „Inside the mind of Arsène Wenger (excerpt from Wenger: The Making of a Legend by Jasper Rees)“. The Guardian (2003-yil 18-avgust). 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
- ↑ Arsène Wenger The Biography by Xavier Rivoire
- ↑ 19,0 19,1 „Monaco struggling for survival“. SI.com (2011-yil 23-yanvar). 2012-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-aprel.
- ↑ „Campora quits Monaco role“. uefa.com (2003-yil 30-iyun). 2013-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-aprel.
- ↑ „Monaco: Etienne Franzi président“. Sport.fr (2009-yil 21-mart). 2009-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-sentyabr.
- ↑ „The little princes of Monaco“. FIFA (2009-yil 29-yanvar). 2008-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Russian billionaire Dmitry Poloz takes over Monaco“. BBC Sport (2011-yil 23-dekabr). 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
- ↑ „Radamel Falcao: Monaco sign striker from Atletico Madrid“. BBC Sport (2013-yil 31-may). 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
- ↑ „Martial could cost United £57.6m - Monaco“ (en). ESPN.com (2015-yil 3-sentyabr). 2018-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-dekabr.
- ↑ „Monaco and Mbappé sink St-Étienne to seal thrilling Ligue 1 title triumph“ (en-GB). The Guardian (2017-yil 17-may). 2023-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
- ↑ Jackson, Jamie. „Pep Guardiola to stick with Manchester City's guns-blazing style at Monaco“ (en-GB). The Guardian (2017-yil 14-mart). 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
- ↑ „Kylian Mbappe transfer: PSG complete €180 million deal for Real Madrid target | Goal.com“ (en). www.goal.com. 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-dekabr.
- ↑ „Thierry Henry named AS Monaco coach“ (en-US). AS Monaco (2018-yil 13-oktyabr). 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-dekabr.
- ↑ „Communiqué officiel“ (fr-FR). AS Monaco (2019-yil 24-yanvar). 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
- ↑ „Communiqué officiel“ (fr-FR). AS Monaco (2019-yil 25-yanvar). 2019-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-yanvar.
- ↑ Crossan. „MONACO SURVIVE DESPITE DERBY LOSS“. Ligue1.com (2019-yil 24-may). 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-may.
- ↑ „Monaco sack Leonardo Jardim again and appoint Robert Moreno“ (en-GB). BBC Sport (2019-yil 28-dekabr). 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ „Monaco annonce l'arrivée de Robert Moreno jusqu'en 2022 - Foot - L1 - Monaco“ (fr). L'Équipe. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ „Niko Kovac to leave AS Monaco“. asmonaco.com (2022-yil 1-yanvar). 2022-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
- ↑ „Philippe Clement becomes AS Monaco coach“. asmonaco.com (2022-yil 3-yanvar). 2022-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
- ↑ „Official | Philippe Clement has been sacked as Monaco manager“. Get French Football News (2023-yil 4-iyun).
- ↑ „Austrian Hutter appointed Monaco coach on two-year deal“. RTL Today (2023-yil 4-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
- ↑ „AS Monaco are runners-up as we return to the Champions League!“. AS Monaco (2024-yil 13-may).
- ↑ „Has a goalkeeper ever been substituted for playing badly? | The Knowledge“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
- ↑ Bisnow. „A Controversial List of the Best And Worst Football Stadiums in the World“ (en). Forbes. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
- ↑ UEFA.com „Member associations – UEFA Coefficients – Club coefficients“. UEFA (2018-yil iyul). 2024-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.