AQSh — Gruziya munosabatlari
Georgia |
AQSh |
AQSh — Gruziya munosabatlari Amerika Qoʻshma Shtatlar va Gruziya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Gruziya SSSRdan mustaqillikka erishdi va 1992-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari bu davlat bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. AQSh Gruziyaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini tan oladi hamda Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olmadi.
2009-yilda mamlakatlar Strategik sheriklik Xartiyasini imzoladilar, unga koʻra Strategik hamkorlik boʻyicha AQSh — Gruziya komissiyasi tashkil etildi. Komissiya Nizomda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha toʻrtta ikki tomonlama ishchi guruhga boʻlingan: demokratiya, mudofaa va xavfsizlik, iqtisodiy masalalar va madaniy almashinuv boʻyicha muhim hujjatlarni imzoladilar. Har yili Amerika Qoʻshma Shattalari va Gruziyaning yuqori martabali siyosatchilari har bir ishchi guruh uchun uchrashib, natijalarni sarhisob qiladi va yangi vazifalarni belgilab kelmoqda.
Diplomatik missiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AQShning Tbilisida elchixonasi bor[1]. AQShning Gruziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi — Kelli Degan
- Jorjiyaning Vashingtonda elchixonasi[2] va Nyu-Yorkda bosh konsulligi[3]. Gruziyaning AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi — David Bakradze sanaladi.
Iqtisodiy munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama sarmoyaviy bitim, shuningdek, ikki tomonlama savdo bitimi imzolandi. Gruziya Amerika Qoʻshma Shtatlarga umumiy imtiyozlar tizimi dasturi doirasida koʻplab tovarlarni bojsiz eksport qilishi mumkin. 2006-yildan 2011-yilgacha Amerika Qo''shma Shtatlarining Milennium Challenge Corporation korporatsiyasi Jorjiyada tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam berdi. 2006-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 369 million AQSH dollarini tashkil etdi[4].
Harbiy hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil oktabr oyida Tbilisida ikki davlat mudofaa vazirlari „Gruziya uchun mudofaa va oldini olish choralarini kuchaytirish tashabbusi“ni imzoladilar[5]. Ushbu hujjatning davomi sifatida 2022-yil 20-mayda Gruziya va AQSh oʻrtasida oʻn yillik „Mudofaa va oldini olish“ konsepsiyasi imzolandi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Homepage“ (inglizcha). U.S. Embassy in Georgia. 31-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Embassy of Georgia | Embassy of Georgia to the United States of America“ (inglizcha). 31-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Consulate General of Georgia in New York“. newyork.mfa.gov.ge. 1-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
- ↑ „United States and Georgia Sign Trade and Investment Framework Agreement | United States Trade Representative“. 13-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2017-yil.
- ↑ „Министр обороны США после Грузии прибыл с визитом на Украину“ (ruscha). РБК. 21-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2022-yil.
- ↑ Nikolka. „Грузия и США подписали десятилетнюю концепцию "Оборона и сдерживание"“ (ru-RU). Новости Грузия (20-may 2022-yil). 21-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2022-yil.