ACE Team
Turi | xususiy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | kompyuter o'yinlari sanoati |
Qachon asos solingan | 1997 |
Joylashuvi | Chili, Santyago |
Asoschi(lari) | Andres Bordo, Karlos Bordo, Edmund Bordo |
Mahsulot(lar)i |
Zenozoik (отменена) Zeno Clash Zeno Clash 2 Rock of Ages Abyss Odyssey |
Ishchilar soni | 12 |
ACE Team — Santyago shahrida joylashgan, kompyuter oʻyinlari va modifikatsiyalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan xususiy mustaqil kompaniya. ACE Team oʻzining birinchi mustaqil Zeno Clash oʻyini ishlab chiqilgan va nashr etilgan Source oʻyin dvigatelidan foydalanish uchun litsenziyasiga egalik qiladi. Kompaniyaning koʻplab xodimlari ilgari shaxsiy kompyuterlar, Xbox Live Arcade oʻyinlari bilan ishlagan va ular uchun turli xil modifikatsiyalar chiqargan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarda kompaniya kompyuter oʻyinlari uchun modifikatsiyalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullangan va shu maqsadda uchta aka-uka tomonidan tashkil etilgan: Andres Bordo, Karlos Bordo, Edmund Bordo.
1999-yilda kompaniya Macintosh va shaxsiy kompyuterlar uchun Doom oʻyining kodi ishlatilgan Batman DOOM deb nomlangan birinchi modni chiqardi[2].
Keyinchalik Edmund Bordo ZanZan nomi bilan Doom 2 oʻyini uchun mod yaratdi[3].
2002-yil boshida ACE Team „Dark Conjunction“ deb nomlangan Quake III Arena oʻyini asosida bir oʻyinli mod chiqardi[4].
2002-yil davomida kompaniya qonuniy ravishda yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan.
2003-yil davomida kompaniya Lithtech Yupiter oʻyin dvigatelida ishlab chiqilgan Zenozoik oʻyinining demo versiyasini yaratish ustida ishladi. Zenozoik chiqarilmagan boʻlsa-da, ammo bu kelajakdagi Zeno Clash oʻyini uchun boshlangʻich nuqta boʻldi[5].
2004-yilda kompaniyaning asosiy xodimlari Andres Bordo va Karlos Bordo Wanako Studios tomonidan yollanib, Vivendi uni sotib olgan 2007-yilgacha ularning mahsulotlarini ishlab chiqishda yordam berishdi.
2007-yil oʻrtalarida Andres Bordo, Karlos Bordo, Edmund Bordo, Devid Kaloguerra kompaniyani qayta tikladi. Ushbu toʻrt xodim mustaqil kompaniyani tashkil etishdi, u ilgari rejalashtirilgan mahsulotlar ustida ishlashni davom ettirdi.
2009-yil 21-aprelda ACE Team oʻzining Source oʻyin dvigatelida ishlaydigan birinchi oʻyini — Zeno Clashni ishga tushirdi[6].
2009-yil 19-mayda kompaniya Zeno Clash 2 oʻyinini eʼlon qildi.
2010-yil 17-iyun kuni kompaniya Electronic Entertainment Expo 2010 koʻrgazmasida yangi Rock of Ages oʻyinini namoyish qildi[7].
2014-yil 5-martda kompaniya oʻzining yangi oʻyinini eʼlon qildi — Abyss Odyssey. Tasodifiy generatsiya boʻladigan olamning 2D platformeri.
2017-yil 28-avgustda kompaniya oʻzining yangi oʻyini Rock of ages 2 ni chiqardi, bu Rock of agesning toʻgʻridan toʻgʻri davomi edi.
Xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda kompaniyada 12 nafar xodim ishlaydi:[8]
Asosiy aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andres Bordo (ispancha: Andres Bordeu) — oʻyin dizayneri, rassom, asoschisi.
- Karlos Bordo (ispancha: Carlos Bordeu) — oʻyin dizayneri, rassom, asoschisi.
- Edmundo Bordo (ispancha: Edmundo Bordeu) — badiiy direktor, ssenariy muallifi, asoschisi.
- Devid Kalogerea (ispancha: David Caloguerea) — etakchi dasturchi.
- Gabrielle Garsiya (ispancha: Gabriel Garcia) — etakchi animator.
- Xuan Briones (ispancha: Juan Briones) — darajadagi dizayner.
- Luis Santander (ispancha: Luis Santander) — oʻyin rassomi.
- Karlos Akosta (ispancha: Carlos Acosta) — dasturchi.
- Sebastian Gana (ispancha: Sebastián Gana) — dasturchi.
- Rodrigo Alarkon (ispancha: Rodrigo Alarcon) — oʻyin rassomi.
Hamkorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Patrisio Meneses (ispancha: Patricio Meneses) — bastakor.
- Antonio Dominges (ispancha: Antonio Dominguez) — ovoz effektlari.
Mahsulotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompyuter oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zenozoik (bekor qilingan loyiha — 2003)
- Zeno Clash (2009)
- Zeno Clash 2 (2013)
- Rock of Ages (2011)
- Abyss Odyssey (2014 yil yoz)
- Rock of Ages 2 (2017)
- Rock of Ages 3 (2020)
- The Eternal Cylinder (2021)
- Clash: Artifacts of Chaos (2022)
Modifikatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Dark Conjunction (2002)
- ZanZan (2000)
- Batman Doom (1999)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ACE Team. „About us“ (en) (deadlink). Официальный сайт компании. 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.
- ↑ „Batman DOOM“ (en) (deadlink). doomworld.com (28 апреля 1998 года). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.
- ↑ Edmundo Bordeu. „A ZDooM GL conversion for DooM 2“ (en) (deadlink). doomworld.com. 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.
- ↑ ACE Team. „The Dark Conjunction“ (en). GameSpy (11 мая 2002 года). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.
- ↑ Shua. „(Interview) Zeno Clash“ (es). Factornews.com (9 октября 2008 года). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.
- ↑ Andrew Burnes. „Zeno Clash Released“ (en). Voodoo Extreme 3D (21 апреля 2009 года). 2012-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 июня 2010.
- ↑ Atlus. „E3 2010: Atlus and ACE Team on a Roll, Announce Rock of Ages, a Balls-to-the-walls Castle Destruction Game, Slated for Digital Release in spring 2011“ (en). Gamasutra (18 июня 2010 года). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.
- ↑ ACE Team. „People“ (en). Официальный сайт компании. 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 июня 2010.