ABB
Turi | Ommabop kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | ISIC |
Birja listingi | SSE3966|ABB, ABBN |
Qachon asos solingan | 1988 |
Joylashuvi |
Shvetsiya, Wesderos Shveysariya, Syurix |
Direktori | Björn Rosengren |
Budjeti | $34,312 mlrd (2017)[1] |
Aylanma daromadi | 28 588 000 000[2] va 28 945 000 000[3] |
Operatsion foydasi | ▼ $4,130 mlrd (2017) |
Boyligi | 43 262 000 000[4] va 40 260 000 000[3] |
Kapitallashtirish | $43,262 mlrd (2017) |
Sof foydasi | 2 213 000 000[4] va 4 546 000 000[3] |
Ishchilar soni | 147 000 (2017)[5] |
Vebsayti | www.abb.com |
ABB (Asea Brown Boveri) — 1988-yilda Shvetsiyaning ASEA va Shveysariyaning Brown, Boveri & Cie kompaniyalarining birlashishi natijasida yaratilgan elektrotexnika va energetikaga ixtisoslashgan shved-shveysar transmilliy kompaniyasi. Bosh qarorgohi Westeros va Tsyurixda, ishlab chiqarish korxonalari esa Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Portugaliya, Braziliya, Finlandiya, Estoniya va boshqa bir qator mamlakatlarda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatining birinchi yilidayoq korporatsiya 40 ta kompaniyani, jumladan, Westinghouse Electric korporatsiyaning energiya uzatish va tarqatish biznesini sotib oldi. Noorganik oʻsish strategiyasi 1990-yillargacha davom etdi, eng yirik xarid — Gollandiyadagi sanoatni avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqaruvchisi — Elsag Bailey Process Automation boʻldi(1998).
1999-yilda ABB yadroviy biznesni sotdi.2001-yildan beri kompaniya aksiyalari bilan Nyu-York fond birjasida savdo qilinadi.2011-yilda axborot markazlari uchun uzluksiz quvvat manbalari ishlab chiqaruvchi „Newave“; 2013-yilda — quyosh fotovoltaiklari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi — „Power-One“ sotib olindi[6].2017-yilda GE Industrial Solutions boʻlimi (GE Power) General Electric kompaniyasidan sotib olindi[7].2018-yilda elektr tarmoqlari biznesini avtomatlashtirish boʻlimi Hitachi kompaniyasiga sotildi[8].
2020-yil holatiga koʻra, asosiy boʻlinmalar:
- elektr motorlar va robototexnika (jumladan, generatorlar, elektr drayvlar, mexanik transmissiyalar, tortish konvertorlari, shamol turbinalari uchun konvertorlar ishlab chiqaradi);
- sanoatni avtomatlashtirish (boshqaruv tizimlari, nazorat-oʻlchash va analitik uskunalar, kemalar uchun tizimlar, shaxtada koʻtaruvchi mashinalar, turbokompressorlar);
- elektrotexnika (jumladan, elektr transport vositalarini zaryadlash tizimlari, quyosh invertorlari, modulli podstansiyalar, elektr simli tovarlar, kabellar, oʻlchash vositalari va datchiklar, balastlar).
Boshqaruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil fevral oyidan beri bosh direktor — Björn Rosengren, sobiq direktorlar:
2019-yil aprel — 2020-yil fevral: Piter Foser
2013-yil sentyabr — 2019-yil aprel: Ulrich Spieshofer
2008-yil sentyabr — 2013-yil sentyabr: Jozef Xogan
2008-yil fevral — 2008-yil sentyabr: Mishel Desmarets — vaqtincha
2005-yil yanvar — 2008-yil fevral: Fred Kindle
2002-yil sentyabr — 2004-yil dekabr: Yurgen Dorman
2001-yil yanvar — 2002-yil sentyabr: Jorgen Centerman
1997-yil yanvar — 2000-yil dekabr: Goran Lindal
1987-1996: Persi Barnevik
Direktorlar kengashi raisi[9] — Hubertus fon Grünberg; direktorlar kengashining sobiq raislari:
- Yurgen Dorman
- Piter Sazerlend
- Donald Ramsfeld (1990-2001)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Facts and figures“ (deadlink). 2018-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 (unspecified title)
- ↑ 4,0 4,1 (unspecified title)
- ↑ „АББ в России. Отчёты“ (deadlink). 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-avgust.
- ↑ „ABB completes acquisition of Power-One“. 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
- ↑ „ABB buys GE business for $2.6 billion in bet it can boost margins“. Reuters (2017-yil 25-sentyabr). 2017-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
- ↑ „Hitachi поглощает электросетевой бизнес шведско-швейцарской ABB“ (ru). Росбалт. 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
- ↑ „ABB Совет директоров“ (deadlink). Abb.com (2010-yil 1-fevral). 2012-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ABB (2005): The Dormann Letters, Jürgen Dormann/ABB Group, Zurich
- Bélanger, Jacques et al. (2001): Being local worldwide: ABB and the challenge of global management, Cornell University Press, New York. ISBN 0-8014-3650-8
- Kevin Barham, Claudia Heimer (1998): ABB: the dancing giant — creating the globally connected corporation. Financial Times, London. ISBN 0-273-62861-5