Kontent qismiga oʻtish

Aʼmaq Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aʼmaq Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Andoza:Wikidata image

Aʼmaq Buxoriy (taxallusi; asl ismi Abu Najib Shahobiddin) (? – Buxoro – 1148) – shoir. Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Arab va fors tillarida ijod etgan. Amir ush-shuaro (shoirlar amiri) unvo-niga sazovor boʻlgan. She’rlar devoni saqlanmagan. 37 qasidasidan parchalar va 7 ruboiysi turli majmua va tazkiralar orqali yetib kelgan. Qasidalarida Adib Sobir Termiziy va Mas’ud Sa’d Sal-mon ijodiga yuqori baho bergan. Aʼmaq Buxoriy marsiya ustasi boʻlgan. Oʻzining "Yusuf va Zulayho" dostonini 2 vaznda oʻqiladigan qilib yozgan.U 1148-yili Buxoroda vafot etgan.[1]

“Yusuf va Zulayho”
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  1. OʻzME. T.1. – B. 545.