5-hujum
5-hujum | |
---|---|
The 5th Wave | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | J Blakeson |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Henry Jackman |
Kinematografiya | Enrique Chediak |
Muharrir(lar) | Paul Rubell |
Studiya(lar) | |
Distribyutor | Columbia Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 112 daqiqa[2] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $38–54 million[3][4] |
Daromadi | $109.9 million[3] |
5-hujum (inglizcha: The 5th Wave) — 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan, J Blakeson tumanidan suratga olingan hamda Columbia Pictures tomonidan tarqatilgan ilmiy fantastika janridagi AQSh filmidir.[3]
5-hujum filmi premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 22-yanvar 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Film budjeti $38–54 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $110 millionga yaqin daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk bor AQShning Ohio shtati oʻzga sayyoraliklarning hujumiga uchraydi. Keyinchalik esa oʻzga sayyoraliklarning hujumi butun Yerni qamrab oladi. AQSh hukumati oiladagi erkaklar va ayollarni alohida-alohida lagerlarga joylashtiradi. Ogayoda yashovchi yuqori sinf oʻquvchisi boʻlgan Cassie Sullivan ham otasi va ukasi Sam bilan lagerga ketishga tayyorgarlik koʻradi. Onasi esa shifokor boʻlib, oʻzga sayyoraliklarning 3chi hujumi — qushlar orqali tarqatilgan yuqumli kasalliklardan soʻng vafot etadi. Sullivan ukasining ayiq oʻyinchoqchasi uyida qolib ketganligi tufayli lagerga boradigan avtobusdan qolib ketadi. U ukasining yoniga borish uchun oʻrmonni kezadi. Ammo, u kezayotgan chogʻda otasini uchratadi va otishmaga guvoh boʻladi. Otishmani koʻrib, darhol qochadi. Uning niyati ukasi Samʼni topish. Lagerni tashkillashtiruvchilar oʻzga sayyoraliklar boʻlib, ularning maqsadi bolalarni oʻzga sayyoraliklarga qarshi tayyorlab, oʻzlarini qirishga majbur qilish edi. Bu jarayon oʻzga sayyoraliklarning 5chi hujumi edi. Oxir-oqibat, film soʻngida, Cassie Samni topadi va oʻsha yerdagi bolalar bilan birgalikda oʻzga sayyoraliklarning 5chi hujumi bilan birga oʻzlarini ham yoʻq qiladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chloë Grace Moretz roli Cassie Sullivan
- Nick Robinson roli Ben Thomas Parish
- Ron Livingston roli Oliver Sullivan
- Maggie Siff roli Lisa Sullivan
- Alex Roe roli Evan Walker
- Maria Bello roli Sergeant Reznik
- Maika Monroe roli Ringer
- Zackary Arthur roli Sam Sullivan
- Liev Schreiber roli Colonel Alexander Vosch
- Tony Revolori roli „Dumbo“
- Talitha Bateman roli „Teacup“
- Nadji Jeter roli „Poundcake“
- Alex MacNicoll roli „Flintstone“
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Windsor, Harry „'The 5th Wave': Film Review“. The Hollywood Reporter (14-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 1-iyun 2017-yil.
- ↑ „THE 5TH WAVE (15)“. British Board of Film Classification (20-dekabr, 2015). Qaraldi: 19-yanvar, 2016.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „The 5th Wave (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 12-may 2016-yil.
- ↑ FilmL.A. (2017-yil may). „2016 Feature Film Study“ (PDF). FilmL.A. Feature Film Study.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam)