Bu maqolaga boshqa birorta sahifadanishorat yoʻq. (avgust 2024)
Yo`llanma olgan davlatlar
Yo`llanma ololmagan davlatlar
Saralash o`yinlariga kiritilmagan davlatlar
Ayollar terma jamaosi yo`q davlatlar
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yettinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo davlatlar futbol assotsiatsiyalarining ayollar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionatidir. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga birinchi marta Kanada davlati (bu uchinchi bor Shimoliy Amerika mintaqasiFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi edi) mezbonlik qildi. Turnir doirasidagi oʻyinlar Kanadaning oltita shahrida beshta vaqt mintaqasida oʻtkazildi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2015-yil 6-iyunda boshlangan va 2015-yil 5-iyulda[1] final oʻyinida AQSh terma jamoasining Yaponiya ayollar terma jamoasi ustidan qozonilgan gʻalabasi bilan yakunlangan.
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati qamrovi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatigi 16 ta jamoadan 24 tagacha kengaytirildi[2]. Kanada ayollar milliy futbol terma jamoasi toʻgʻridan-toʻgʻri mezbon sifatida ishtirok etdi va qolgan 23 kvota uchun ayollar futbolidagi 134 ta terma jamoalardan iborat saralash turniri oʻtkazildi. 2015-yilgi kengaytirilgan turnir natijasida sakkizta terma jamoa FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qildi[2].
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiining avvalgi barcha finalchil jamoalari turnirda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar. Ular orasida amaldagi chempion Yaponiya va sobiq chempion jamoalar: Germaniya (2003, 2007) va AQSh (1991, 1999) bor edi[3].
Quyida 2015-yilning 6-iyunidan 5-iyuligacha Kanadada boʻlib oʻtgan ayollar futbol assotsiatsiyasining eng nufuzli xalqaro futbol turniri boʻlgan 2015-yilgi FIFA Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati jamoalari roʻyxati. Turnirda ishtirok etayotgan 24 ta terma jamoa 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni, jumladan, uchta darvozabonni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak edi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida faqat ushbu tarkibdagi futbolchilar qatnashish huquqiga ega edi. Jamoalarni FIFAga yakuniy jamoalar tarkibini topshirishning oxirgi muddati 2015-yil 25-may edi[4][5][6].
Futbolchilarning oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi, klubga mansubligi va yoshi boʻyicha umumiy maʼlumotlari 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining 2015-yil 6-iyundagi ochilish kunidagi holatga koʻra berilgan[4][5][6].
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi
2015-yilning 17-aprelida[8] 2015-yilning 14-mayida 25 nafar futbolchiga qisqartirildi[9]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 28-mayida e’lon qilindi[10].
2015-yil 19-mayda 28 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi[21]. Yakuniy tarkib 2015-yil 26-mayda aniqlangan[22]. 2015-yil 6-iyunda Nattaya Duanjanthuek Irravadee Makris oʻrnini egalladi[23].
2015-yil 13-mayda 27 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi[28]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 22-mayida e’lon qilindi[29].