Sofia Jakobsson
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Eva Sofia Jakobsson[1] | ||
Tavallud sanasi | 23-aprel 1990-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Örnsköldsvik, Shvetsiya[3] | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | San Diego Wave | ||
Raqami | 10 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006 | Hägglunds IoFK | ||
2007 | Östers IF | 21 | (9) |
2007—2011 | Umeå IK | 58 | (18) |
2011—2013 | WFC Rossiyanka | 13 | (9) |
2013 | Chelsea | 11 | (6) |
2013—2014 | BV Cloppenburg | 22 | (5) |
2014—2019 | Montpellier HSC | 91 | (50) |
2019—2020 | CD Tacón | 20 | (7) |
2020—2021 | Real Madrid | 33 | (8) |
2021 | Bayern Munich | 5 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2011– | Shvetsiya | 143 | (23) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2-iyul 2021-yil uchun) |
Eva Sofia Jakobsson (1990-yil 23-aprelda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Milliy ayollar futbol ligasida “ San-Diego Wave ” jamoasi sharafini himoya qiladi. U 2011-yilda Shvetsiya ayollar terma jamoasida debyut qilgan va 2019-yilda 100 - oʻyinda gʻalaba qozongan. Yakobsson oʻz mamlakatini 2013-yilgi UEFA ayollar chempionatida, shuningdek, 2011, 2015 va 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida himoya qilgan. U shuningdek, 2012, 2016 va 2020-yillardagi futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ham Shvetsiya jamoasi tarkibida.
Klubdagi karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Östers IF uchun ikkinchi divizionda bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Jakobsson 2007-yilda 17 yoshida milliy chempion Umeå IK bilan shartnoma imzoladi. Umeada besh mavsum davomida u ikkita chempionat va bir mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi va UEFA ayollar kubogida debyut qildi. Umeå 2009-yildan beri Damallsvenskandagi peshqadamlik va liderlik mavqeini yoʻqotganidan soʻng, Jakobsson yana UEFA ayollar chempionlar ligasida oʻynash uchun Rossiya chempioni WFC Rossiyankaga klubiga koʻchib oʻtdi.[4]
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jakobsson 2013-yil yanvar oyida Chelsi Ladies bilan shartnoma imzolagan[5] U Birmingem bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan oʻyinda debyut qilgan va oʻsha oʻyinda gol muallifiga aylanagan[6] keyingi oʻyinda Doncaster Rovers Bellesga qarshi dubl qayd etdi[7]. U Ayollar Superligasining ketma-ket uchinchi oʻyinida Liverpul Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi[8]. U qolgan 8 oʻyinda yana 2 ta gol urib, Eniola Aluko bilan birga Chelseaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[9].
BV Cloppenburg
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum oxiriga qadar uchta WSL oʻyini qolganda u jamoadoshi Ester bilan birga Germaniya Bundesligasiga koʻchib oʻtdi va yangi porlab kelayotgan BV Cloppenburg jamoasi bilan shartnoma imzoladi[10][11]. 2014-yil iyul oyida Jakobsson Fransiya 1-divizionining Montpellier HSC jamoasi bilan shartnoma imzolagan[12].
Real Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil iyul oyida Jakobsson terma jamoadoshi Kosovare Asllani bilan birga oʻsha paytda CD Tacon nomi ostida boʻlgan Ispaniya Primerasining Real Madrid Feminino jamoasiga qoʻshildi[13]. Ispaniyadagi birinchi mavsumida Jakobsson poytaxt klubida eng koʻp gol urdi va eng koʻp golli uzatmani amalga oshirdi 8 gol va 7 golli uzatma[14].
Bayern Munich
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning iyun oyida Jakobsson Real Madridni tark etishini eʼlon qildi. 2021-yil 2-iyulda u Germaniyaning oliy ligasi Frauen-Bundesligada Bavariya bilan shartnoma imzoladi[15]. Jakobsson Bavariya tarkibida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi va 2022-yilning yanvarida Milliy ayollar futbol ligasining Amerika jamoasi San Diego Wave FC bilan shartnoma imzoladi[16].
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jakobsson 2011-yilda Shvetsiya terma jamoasida debyut qilgan. U Shvetsiya sharafini uchta Jahon chempionatida (Germaniya - 2011, Kanada - 2015, Fransiya - 2019) va uchta yozgiOlimpiya oʻyinlarida (London - 2012, Rio - 2016, Tokio - 2020) himoya qilgan. Uning jamoasi jahon chempionatining ikkitasida (2011 va 2019) bronza medallariga egalik qilgan boʻlsa, Rioda ham, Tokioda ham kumush medallarni qoʻlga kiritdi. U 2013-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Jakobsson 2015-yilgi Algarve kubogining eng yaxshi toʻpurari boʻlib, Shvetsiya terma jamoasi safida toʻrt marta gol urgan.
Jakobsson 2017-yilning yanvarida oʻzining fransuz klubi bilan mashgʻulot oʻtkazayotganda tizzasidan jarohat olgan va bu tufayli Shvetsiya terma jamoasining Ayollar oʻrtasidagi 2017-yilgi Yevro-2017 musobaqasida ishtirok eta olmagan[17].
2019-yil aprel oyida Jakobsson oʻzining yubiley 100-oʻyinida gʻalaba qozondi va bu voqea Shvetsiyaning Mariya Enzersdorfda Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) urilgan gol bilan tarixga kirdi[18].
Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Jakobsson Germaniya terma jamoasi hisobda oldinga chiqib olgandan keyin oʻn daqiqa ichida hisobni tenglashtiruvchi gol urdi. Shvetsiya oʻsha oʻyinda 1995-yilgi Jahon chempionatidan keyin yirik turnirda nemislar ustidan birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritib, oʻyinda gʻalaba qozondi[19][20]. U shuningdek, oʻsha turnirning 3-oʻrin uchun oʻyinida Angliyaga qarshi oʻyinning 22-daqiqasida oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻygan[21].
Sofia Germaniyaga qarshi chorak final va Angliyaga qarshi bronza medali uchun oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Xalqaro maydonda urilgan gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gol | Oʻyin | Sana | Joy | Raqib | Start | Daq | Hisob | Natija | Turnir |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2013 Yevropa Chempionati | |||||||||
1
|
2013-yil 10-iyul | Gothenburg | Daniya | 79-daqiqa | 1:1 | Guruh bosqich | |||
2
|
2013-yil 13-iyul | Gothenburg | Finlandiya | Start | 5:0 | Guruh bosiqchi | |||
3
|
2013-yil 21-iyul | Halmstad | Islandiya | Start | 4:0 | Chorak finla | |||
4
|
2013-yil 24-iyul | Gothenburg | Germaniya | 7-daqiqa | 0:1 | Yarim final |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sofia Jakobsson“. Sports-Reference.com. 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil.
- ↑ „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.
- ↑ „Profile“ (shvedcha). Svenska Fotbollförbundet. Qaraldi: 25-iyun 2015-yil.
- ↑ „Jakobsson seals Rossiyanka deal“. UEFA (4-sentyabr 2011-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2011-yil.
- ↑ „Dam: Chelsea nästa för Sofia Jakobsson“ (shvedcha). Svensk Fotboll (30-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 3-fevral 2013-yil.
- ↑ „Archived copy“. www.chelseafc.com. 2013-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2022-yil.
- ↑ „Chelsea beat Doncaster to top WSL“. BBC Sport.
- ↑ „Chelsea vs. Liverpool – 12 May 2013 – Women Soccerway“.
- ↑ 2013 WSL tables in soccerway.com
- ↑ „Duo Depart For Germany“. Chelsea Ladies FC (5-sentyabr 2013-yil). 9-sentyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2013-yil.
- ↑ http://www.framba.de/content/index.php?option=com_content&view=article&id=4650:bv-cloppenburg-verpflichtet-sofia-jakobsson-und-ester&catid=118:bundesliga (Wayback Machine saytida 24-sentyabr 2015-yil sanasida arxivlangan).
- ↑ „Sofia Jakobsson signs for French club Montpellier HSC“. womenssoccerunited.com (16-iyul 2014-yil). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- ↑ „Sofia Jakobsson passe de Montpellier au Real Madrid“ (fransuzcha). So Foot (29-iyul 2019-yil).
- ↑ „Sofia Jakobsson – Leistungsdaten – Frauenfußball auf soccerdonna.de“. soccerdonna.de. Qaraldi: 2-iyul 2020-yil.
- ↑ „FC Bayern sign Swedish national player Sofia Jakobsson“. fcbayern.com (2-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-iyul 2021-yil.
- ↑ „Sofia Jakobsson sees move to San Diego as key to Sweden career, too“. The Equalizer (4-fevral 2022-yil).
- ↑ „Sofia Jakobsson korsbandsskadad“ (shvedcha). Swedish Football Association (1-fevral 2017-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
- ↑ Julin, Albin; Friberg, Anna. „Hon blev målhjälte – i sin 100:e landskamp“ (shvedcha). Expressen (9-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
- ↑ Edwards, Luke. „Sweden come from behind to knock out Germany and reach World Cup semi-final“. The Telegraph UK (29-iyun 2019-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Sweden upset Germany to reach World Cup semis“. The Guardian (29-iyun 2019-yil). Qaraldi: 30-iyun 2019-yil.
- ↑ „Sweden secures Women's World Cup bronze medal after topping England in third-place game“. USA Today (6-iyul 2019-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.