Kontent qismiga oʻtish

2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
UEFA Chempionlar ligasi 2012 finali
Turnir UEFA Chempionlar Ligasi
Qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng
Chelsi 4-3 hisobi bilan penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi
Sana 19-may, 2012-yil(2012-05-19)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Allianz Arena, München
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Didier Drogba[1]
Hakam Pedro Proença (Portugaliya)[2]
Tomoshabinlar soni 62,500[3]
Ob-havo Bulutli[4]

2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali 19-may 2012-yil Myunxenning „Allianz Arena“ stadionida Bavariya va Chelsi klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Ushbu oʻyinda Yevropaning klublar oʻrtasidagi asosiy futbol turniri boʻlmish UEFA Chempionlar ligasining 2011—2012-yilgi mavsumi gʻolibini aniqlanishi kerak edi.

Bavariya bu oʻyingacha 8 marotaba final bahslarida ishtirok etib, 4 marotaba gʻalaba qozongan. Chelsi esa oʻzining 2-final oʻyinini oʻtkazdi va gʻalaba qozondi.

Bu Allianz Arenada (Fußball Arena Myunchen nomi bilan tanilgan) oʻtkazilgan birinchi Chempionlar ligasi finali edi. Har ikki jamoa oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl olishgan edi. Oʻshanda Bavariya Bazel, Marsel va Real Madridni magʻlub etib, finalga chiqdi, „Chelsi“ esa Napoli, Benfika va amaldagi chempion „Barselona“ni magʻlub etgan.

Allianz Arena

Allianz Arena UEFA tomonidan 2010-yilning 30-yanvarida 2012-yilgi final oʻtkaziladigan joy sifatida eʼlon qilingan edi. Stadion 2005-yil ochilgan va Jahon chempionatining ochilish oʻyinini oʻzida qabul qilgan. Myunxenda boʻlib oʻtgan har bir finalda birinchi marotaba chempionga aylanadigan jamoa gʻalaba qozonar edi[5].

Finalga yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]

(U: Uy uchrashuvlar; M: Mehmon uchrashuvlar).

Germaniya Bavariya Raund Angliya Chelsi
Raqib Hisob 1-o'yin 2-o'yin Kvalifikatsiya raundi Raqib Hisob 1-oʻyin 2-oʻyin
Shveysariya Zürich 3–0 2–0 (U) 1–0 (M) Pley-off bosqichi Ishtirok etmagan
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
Ispaniya Villarreal 2–0 (M) 1-Tur Germaniya Bayer Leverkusen 2–0 (U)
Angliya Manchester City 2–0 (U) 2-Tur Ispaniya Valencia 1–1 (M)
Italiya Napoli 1–1 (M) 3-Tur Belgiya Genk 5–0 (U)
Italiya Napoli 3–2 (U) 4-Tur Belgiya Genk 1–1 (M)
Ispaniya Villarreal 3–1 (U) 5-Tur Germaniya Bayer Leverkusen 1–2 (M)
Angliya Manchester City 0–2 (M) 6-Tur Ispaniya Valencia 3–0 (U)
Raqib Hisob 1-oʻyin 2-oʻyin Pley-off bosqichi Raqib Hisob 1-oʻyin 2-oʻyin
Shveysariya Basel 7–1 0–1 (M) 7–0 (U) Nimchorak final Italiya Napoli 5–4 1–3 (M) 4–1 (q.v) (U)
Fransiya Marseille 4–0 2–0 (M) 2–0 (U) Chorak final Portugaliya Benfica 3–1 1–0 (M) 2–1 (U)
Ispaniya Real Madrid 3–3 (3–1 p) 2–1 (U) 1–2 (q.v) (M) Yarim final Ispaniya Barcelona 3–2 1–0 (U) 2–2 (M)

Oʻyindan oldin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA tomonida ikki jamoa muxlislari uchun 17500 ta chipta ajratilingan edi. Yana 7000 ta chiptalar UEFA.com orqali butun dunyo boʻylab muxlislarga sotilishi rejalashtirilgan edi. Chiptalarningning narxi 70 dan 370 yevrogacha belgilangan edi. Qolgan chiptalar mahalliy tashkiliy qoʻmita, UEFAning 53 milliy futbol assotsiatsiyasi hamda tijorat va translyatsiya hamkorlariga ajratilgan[6].

Final elchisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq nemis futbolchisi Paul Breitner final elchisi etib tayinlangan edi[7].

2012-yil may oyida finalni nazorat qilish uchun portugaliyalik hakam Pedro Proença tayinlangan[2].

Jamoalar tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har ikki klubda ham diskvalifikatsiya tufayli oʻyinchilar oʻyinda ishtirok eta olishmasdi. Bavariyada David Alaba, Holger Badstuber va Luiz Gustavo, Chelsida esa Branislav Ivanović, Raul Meireles, Ramires va John Terry oʻz jamoalariga yordam bera olishmagan[8][9].John Terry Barcelonaha qarshi oʻyinda qizil kartochka olganidan soʻng final oʻyinni oʻtkazib yuborishi malum boʻlgan.

Finaldagi 36 nafar futbolchidan faqatgina ikki futbolchi bungacha Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan edi. Chelsi tarkibidagi Paolo Ferreira va José Bosingwa bungacha Portu tarkibida ushbu turnirda gʻalaba qozongan edi. 2010-yilgi final baxsida Bavariyaning 18 nafar futbolchisidan 10 nafari ishtirok etgan edi. Chelsining 2008-yilgi magʻlubiyatidagi futbolchilardan 8 nafari ushbu finalgacha klubda faoliyat yuritib kelishar edi.

19 May 2012
20:45
(20:45 UTC+2)
Bayern Munich Germaniya 1–1 (q.v) Angliya Chelsea Allianz Arena, Munich
Tomoshabinlar: 62,500[10]
Hakam: Pedro Proença (Portugal)
  Penaltilar  
* Lahm Penalty scored 3–4 * Penalty missed Mata
forma
Bayern Munich[11]
forma
Chelsea[12]
1 Germaniya Manuel Neuer
21 Germaniya Philipp Lahm (c)
17 Germaniya Jérôme Boateng
44 Ukraina Anatoliy Tymoshchuk
26 Germaniya Diego Contento
31 Germaniya Bastian Schweinsteiger Booked 2'
39 Germaniya Toni Kroos
10 Niderlandiya Arjen Robben
25 Germaniya Thomas Müller Substituted off 87'
7 Fransiya Franck Ribéry Substituted off 97'
33 Germaniya Mario Gómez
Zahira:
22 Germaniya Hans-Jörg Butt
5 Belgiya Daniel Van Buyten Substituted in 87'
13 Braziliya Rafinha
14 Yaponiya Takashi Usami
23 Xorvatiya Danijel Pranjić
9 Germaniya Nils Petersen
11 Xorvatiya Ivica Olić Substituted in 97'
Manager:
Germaniya Jupp Heynckes
1 Chexiya Petr Čech
17 Portugaliya José Bosingwa
4 Braziliya David Luiz Booked 86'
24 Angliya Gary Cahill
3 Angliya Ashley Cole Booked 81'
12 Nigeriya Mikel John Obi
8 Angliya Frank Lampard (c)
21 Kot-dʼIvuar Salomon Kalou Substituted off 84'
10 Ispaniya Juan Mata
34 Angliya Ryan Bertrand Substituted off 73'
11 Kot-dʼIvuar Didier Drogba Booked 93'
Zahira:
22 Angliya Ross Turnbull
19 Portugaliya Paulo Ferreira
5 Gana Michael Essien
6 Ispaniya Oriol Romeu
15 Fransiya Florent Malouda Substituted in 73'
9 Ispaniya Fernando Torres Booked 120' Substituted in 84'
23 Angliya Daniel Sturridge
Manager:
Italiya Roberto Di Matteo
  1. „Every Champions League final Man of the Match this century ranked from great to GOAT“. www.squawka.com. Squawka.
  2. 2,0 2,1 „Proença to officiate UEFA Champions League final“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 17-may). 2012-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-may.
  3. „Champions League 2011/2012 » Attendance » Home matches“. www.worldfootball.net. worldfootball.
  4. „Champions League final: Bayern Munich v Chelsea – as it happened“. www.theguardian.com. theguardian.
  5. „Plays of the Day: Heroes in blue“. ESPN (2012-yil 19-may). Qaraldi: 2012-yil 4-iyul.
  6. „UEFA Champions League Final 2012 ticket sales launched“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 29-fevral).
  7. „Ambassador: Paul Breitner“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 1-mart). Qaraldi: 2012-yil 19-may.
  8. Zuvela, Matt. „Bayern in Champions League final after Madrid thriller“ (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2012-yil 25-aprel.
  9. Haupt, Florian. „Schock für Barcelona, Triumph und Tragödie für Chelsea“ (de) (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2012-yil 25-aprel.
  10. „Full Time Report, Final – Saturday 19 May 2012“ (PDF). UEFA.com. Union of European Football Associations (2012-yil 19-may). Qaraldi: 2012-yil 19-may.
  11. „Fußball Arena MünchenMunich“. www.uefa.com. UEFA.
  12. „Fußball Arena MünchenMunich“. www.uefa.com. UEFA.