2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan lavha | |||||||
Turnir | 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Sana | 12-oktyabr, 2003-yil | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Home Depot Center, Carson | ||||||
O'yin o'yinchisi | Bettina Wiegmann (Germaniya) | ||||||
Hakam | Cristina Ionescu (Ruminiya) | ||||||
Tomoshabinlar soni | 26,137[1] | ||||||
← 1999 2007 → |
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali FIFAga aʼzo assotsiatsiyalarning ayollar terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibini aniqlaydigan assotsiatsiya futbol oʻyini boʻldi. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 2003-yil 12-oktabrda oʻtkazilgan va unda qoʻshimcha vaqtda Shvetsiya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozongan.
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali haqida umumiy tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA tomonidan oʻtkaziladigan futbol boʻyicha ayollar milliy terma jamoalarining toʻrt yillik chempionati boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining toʻrtinchi mavsumi edi[2]. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2003-yil 20-sentabrdan 12-oktabrgacha Amerika Qoʻshma Shtatlarida mamlakatning olti shahridagi oltita stadionda boʻlib oʻtdi[3]. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻolib chiqdii[4][5] va natijada Germaniya erkaklar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati va ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogini qoʻlga kiritgan birinchi mamlakat boʻldi[6][7].
Turnir SARS tarqalishi sababli Xitoyni tark etganidan soʻng, qisqa vaqt ichida Amerika Qoʻshma Shtatlar tomonidan mezbonlik qilindi va final Los-Anjeles yaqinidagi Californiya shtatidagi Carson shahridagi kichik futbol oʻyingohi Home Depot Center stadionida boʻlib oʻtdi. Ikkala finalchi ham Yevropa saralashida oʻz guruhlarida birinchi oʻrinni egallagan va 2001-yilgi UEFA ayollar chempionati finalida toʻqnash kelgan. Unda ham Germaniya gʻalaba qozongan edi. Germaniya „C“ guruhida birinchi oʻrinni egallab, yarim finalda amaldagi chempion Amerika Qoʻshma Shtatlar ustidan yirik hisobdagi (0:3) gʻalabaga erishib, 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga favorit sifatida kirdi. Shvetsiya Amerika Qoʻshma Shtatlardan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, „oʻlim guruhi“dan (2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi) chiqdi va oldingi pley-off bosqichlarida Braziliya va Kanadani magʻlub etdi.
Shvetsiya Hanna Lyungberg tomonidan kiritilgan goldan soʻng 1:0 hisobida oldinda boʻlgan holda tanaffusga chiqdi, ammo ikkinchi boʻlim boshida Germaniyaga tenglashtiruvchi golni Maren Maynert kiritdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan davom etdi va qoʻshimcha boʻlimning sakkizinchi daqiqasida Nia Künzerning boshi bilan kiritgan oltin goli 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali taqdirini hal boʻldi. Kunzerning boshi bilan urgan goli rasmiy xalqaro oʻyinda kiritilgan soʻnggi oltin gol boʻldi. Bundan tashqari Germaniya Shvetsiyani magʻlub etib, 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi[8].
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalistlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Germaniya va Shvetsiya oʻrtasidagi xalqaro ayollar futbolidagi oʻn ikkinchi uchrashuv va uchinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinida boʻldi[9]. Ikki jamoa 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati va 2001-yillarda ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatining finalida toʻqnash kelishgan, ikkalasi ham Germaniya gʻalaba qozongan[10]. Germaniya Shvetsiyaga qarshi oldingi oʻyinlarning oltitasida gʻalaba qozongan va qolgan beshtasida magʻlub boʻlgan, jumladan, 2002-yilgi Algarve kubogidagi soʻnggi uchrashuvida 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan[11]. Avvalroq Germaniya 1995-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Shvetsiya 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati nemislarni magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan edi[12].
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya | Bosqich | Shvetsiya | ||
---|---|---|---|---|
Raqib terma jamoa | Hisob | Guruh bosqichi | Raqib terma jamoa | Hisob |
Kanada | 4-1 | 1-tur | AQSh | 1-3 |
Yaponiya | 3-0 | 2-tur | Shimoliy Koreya | 1-0 |
Argentina | 6-1 | 3-tur | Nigeriya | 3-0 |
Guruh C goʻlibi | Guruh A ikkinchi oʻrin sohibi | |||
Raqib terma jamoa | Hisob | Pley-off bosqichi | Raqib terma jamoa | Hisob |
Rossiya | 7-1 | Quarterfinals | Braziliya | 2-1 |
AQSh | 3-0 | Semifinals | Kanada | 2-1 |
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali oʻtkazilgan joy
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali Los-Anjelesning Carson chekkasida (Californiya) joylashgan 27 000 oʻrinli „Home Depot Center“ stadionida boʻlib oʻtdi. Stadion 2003-yil 7-iyunda ochilgan boʻlib, u asosan futbol uchun moʻljallangan birinchi Amerika maydonlaridan biri boʻlib, Los-Anjeles Galaksisi Major League Soccer (MLS)jamoasining uy stadioni boʻlib xizmat qiladi[13]. 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali dastlab Xitoyning Shanxay shahridagi „Xongkou“ futbol stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi[14], biroq Xitoy 2003-yil aprelida SARS pandemiyasi avj olgani sababli musobaqani tark etganidan soʻng, 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Qoʻshma Shtatlarga koʻchirildi[15]. Home Depot Center stadioni 2003-yil iyun oyida guruh bosqichi, uchinchi oʻrin uchun pley-off va final bosqichida toʻrtta oʻyin oʻtkazish uchun tanlangan[16][17]. Home Depot Center stadioni 2003 va 2004-yillarda MLS kubogi final oʻyinlariga ham tanlangan[18].
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final oʻyini
[tahrir | manbasini tahrirlash]12-oktyabr, 2003-yil 10:00 PDT |
Olmoniya | 2-1 | Shvetsiya | Home Depot Center, Carson Tomoshabinlar: 26,137[1] Hakam: Cristina Ionescu (Ruminiya) |
---|---|---|---|---|
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa2003/match-center/69290032 |
|
Germaniya[19]
|
Shvetsiya[19]
|
|
|
Oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi:
Bettina Wiegmann (Germaniya)[20] Yordamchi hakamlar: Rasmiy toʻrtinchi hakam: |
2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon chempionati arafasida tuzilgan FIFA ayollar reytingida Germaniya birinchi boʻlib AQShni ortda qoldirdi[21]. Germaniya terma jamoasi sardori Bettina Vigmann va hujumchi Maren Maynert 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan soʻng nafaqaga chiqishdi[22]. Kunzerning boshi bilan urgan goli rasmiy xalqaro oʻyinni hal qilish uchun oxirgi oltin gol boʻldi, chunki keyinchalik FIFA bu qoidani bosqichma-bosqich bekor qildi[23]. Shuningdek, u Sportschau oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra 2003-yilning eng yaxshi goli deb topildi va bu nomga sazovor boʻlgan birinchi ayollar goliga aylandi[24].
Ikki finalchi yana 2004-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali uchun oʻyinda uchrashishdi va unda ham Germaniya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[8]. Germaniya 2007-yilda Shanxayda oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Braziliyani 2:0 hisobida magʻlub etib, ketma-ket ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlarida gʻolib chiqqan birinchi jamoa boʻldi[25].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „FIFA Women's World Cup USA 2003 – Report and Statistics“ (PDF). FIFA.com 93–100. Fédération Internationale de Football Association. 26-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
- ↑ FIFA Technical Study Group (2003). FIFA Women's World Cup USA 2003 Report and Statistics (Report). Fédération Internationale de Football Association. pp. 90–101. OCLC 85347862. Archived from the original on 7-iyul 2019-yil. https://web.archive.org/web/20190707202952/https://resources.fifa.com/image/upload/usa-2003-500802.pdf?cloudid=zb4xdbbsb9igeycudpmo. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
- ↑ (26-may 2003-yil). „FIFA Women's World Cup 2003 to be held in USA“. Press-reliz. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2019-yil 12-may.
- ↑ „Most Entertaining Team“. FIFA. 2006-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
- ↑ „FIFAworldcup.com users vote Germany Most Entertaining Team“. FIFA (12-oktabr 2003-yil). 20-iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
- ↑ Longman, Jere. „U.S. Replaces China As Host of Soccer's Women's World Cup“. The New York Times (27-may 2003-yil), s. D1. 8-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2012-yil.
- ↑ Longman, Jere. „The Group Dynamics of the Women's World Cup“. The New York Times (17-sentabr 2003-yil), s. D4. 7-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „Revenge-seekers miss out in riveting rematches“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (26-avgust 2004-yil). 21-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
- ↑ Lehourites, Chris. „Sweden and Germany both confident ahead on World Cup“. Ukiah Daily Journal. Associated Press (8-oktabr 2003-yil), s. 7. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
- ↑ Saffer, Paul. „2001: Müller magic seals success“. UEFA.com. Union of European Football Associations (7-iyul 2001-yil). Qaraldi: 21-may 2019-yil.
- ↑ Wilner, Barry. „Germany plays Sweden today“. Star Tribune. Associated Press (12-oktabr 2003-yil), s. C4. Qaraldi: 21-may 2019-yil.
- ↑ Jones, Grahame L.. „Attacks Expected to Attract Attention“. Los Angeles Times (12-oktabr 2003-yil), s. D4. Qaraldi: 26-may 2019-yil.
- ↑ Gutierrez, Paul. „Absolutely No Place Like Home for Galaxy“. Los Angeles Times (7-iyun 2003-yil), s. D1. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
- ↑ Bell, Jack. „For U.S. Women, Two Trips to China“. The New York Times (11-dekabr 2002-yil), s. D7. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ Longman, Jere. „U.S. Replaces China As Host of Soccer's Women's World Cup“. The New York Times (27-may 2003-yil), s. D1. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ Wilner, Harry. „Venues set: Carson, Calif., to host final“. Sun-Sentinel. Associated press (13-iyun 2003-yil), s. C2. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
- ↑ Jensen, Mike. „Women's World Cup to kick off in Phila.“. The Philadelphia Inquirer (17-iyun 2003-yil), s. D8. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
- ↑ Chapin, Dwight. „MLS Cup: Earthquakes rumble; Donovan, Onstad secure S.J.'s 2nd title“. San Francisco Chronicle (24-noyabr 2003-yil), s. C1. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
- ↑ 19,0 19,1 „Tactical Line-up – Germany-Sweden“ (PDF). FIFA.com 70, 86. Fédération Internationale de Football Association. 26-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2018-yil.
Kicker. Kicker Fußball-Almanach 2018 (olmoncha). Copress Sport, 15-sentabr 2017-yil — 731-bet. ISBN 9783767911161. - ↑ „Bud Light Player of the Match: Bettina Wiegmann (GER)“. FIFA.com. Federation Internationale de Football Association (12-oktabr 2003-yil). 21-iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2015-yil.
- ↑ „World champions Germany usurp USA“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (24-oktabr 2003-yil). 11-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2019-yil.
- ↑ Winter, Barry. „Germany is golden“. Star-Tribune. Associated Press (13-oktabr 2003-yil), s. C5. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
- ↑ „A golden goal for the history books“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (4-iyun 2016-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
- ↑ „2003: Alle Tor des Monats“ (olmoncha). Sportschau. Qaraldi: 3-iyun 2020-yil.
- ↑ „German history-makers toast their triumph“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-iyul 2019-yil.