Kontent qismiga oʻtish

10 Downing Street

Koordinatalari: 51°30′12″N 0°07′39″W / 51.5033°N 0.1275°W / 51.5033; -0.1275
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
10 Downing Street
Lua xatosi in Modul:Location_map at line 522: Unable to find the specified location map definition: "Module:Location map/data/United Kingdom London Westminster" does not exist.
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Georgian
Shahar Westminster
London, SW1
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Koordinatalar 51°30′12″N 0°07′39″W / 51.5033°N 0.1275°W / 51.5033; -0.1275
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Kenton Couse
10 Downing Street

10 Downing street – Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan. Gʻaznachilikning birinchi Lordining rasmiy qarorgohi va ijroiya idorasi boʻlib, odatda, konvensiyaga koʻra, Buyuk Britaniya Bosh vaziri qarorgohi hisoblanadi[1]. Whitehall 70da joylashgan bu bino Vazirlar Mahkamasi idorasi bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya hukumatining shtab-kvartirasi sifatida qaraladi.

Londonning Vestminster shahridagi Dauning-stritda joylashgan qarorgoh 300 yoshdan oshgan hamda taxminga koʻra 100 ta xonadan iborat. Bosh vazirning shaxsiy qarorgohi uchinchi qavatni egallagan va podvalda oshxona mavjud. Boshqa qavatlarda Bosh vazir ishlaydigan, hukumat vazirlari, milliy rahbarlar va xorijiy davlatlarning rasmiylari kutib olinadigan va qabul qilinadigan ofislar, konferensiya, qabulxona, oʻtirish va ovqat xonalari ham ushbu binodan oʻrin olgan. Orqa tomonda ichki hovli va terassaga qaragan bogʻ mavjud. Sent Jeyms Parkiga ulashgan, Buyuk Britaniya hukumatining shtab-kvartirasi taxminan Britaniya monarxining Londondagi qarorgohi Bukingem saroyidan va parlamentning ikkala palatasining yigʻilish joyi boʻlgan Vestminster saroyi yaqinida joylashgan.

Dastlab uchta uydan iborat boʻlgan qarorgoh 1732-yilda qirol Jorj II tomonidan ser Robert Uolpolga taklif qilingan[2]. Ser Uolpol sovgʻani Gʻaznachilikning Birinchi Lordi idorasiga berish sharti bilan qabul qilgan. Gʻaznachilikning Birinchi Lordi lavozimini 1905-yildan buyon doimiy ravishda Bosh vazir egallab kelgan. Uolpol Uilyam Kentga qarorgohga yana qoʻshimcha uchta uyga qoʻshilishi topshirigʻini bergan. Mana shu katta uy Dauning-strit 10 deb nomlangan.

Ser Jorj Dauning. 1675-1690-Tomas Smit tomonidanchizilgan portret, Fogg muzeyi

Uning kattaligi va parlamentga yaqin boʻlishiga qaramay, Dauning-strit 10da bir nechta Bosh vazirlar istiqomad qilishgan. Taʼmirlash qimmatga tushadigan, qarovsiz va eskirgan bino bir necha marta buzib tashlanishi rejalashtirilgan, ammo tarixiy mulk saqlanib qolgan hamda Britaniya tarixidagi koʻplab davlat arboblari va voqealari bilan bogʻlangan. 1985-yilda Margaret Tetcher qarorgoh „milliy merosning eng qimmatbaho marvaridlaridan biriga“ aylanganini taʼkidlagan[3].

Buyuk Britaniya hukumatining shtab-kvartirasi davlat mulki hisoblanadi. Uning roʻyxatdan oʻtgan yuridik nomi Darajani oshirish boʻyicha davlat kotibi, uy-joy va jamiyatlar boʻyicha Davlat kotibi nomiga ega (Davlat kotibi korporatsiyaning yagona vakili)[4].

Buyuk Britaniya hukumatining shtab-kvartirasi dastlab uchta mulkdan iborat boʻlgan: Sent-Jeyms bogʻiga qaragan „Orqa tarafdagi uy“ deb nomlangan qasr, uning ortidagi shahar uyi va yozgi uy. Zamonaviy bino nomini olgan shahar uyi 1682-1684-yillarda ser Jorj Dauning tomonidan qurilgan uylardan biri hisoblangan.

Oliver Kromvel va keyinchalik Charlz II ning mashhur josusi Dauning mulkka sarmoya kiritib, katta boylik orttirgan[5][6][7].

Uaytxoll saroyi Xendrik Dankerts tomonidan chizilgan. 1660-1679. Sent-Jeyms bogʻidan koʻrilgan „Orqa uy“ oʻng tomonda; uning yonidagi sakkiz burchakli Kokpit binosi.

Uydagi birinchi siyosatchi va „hukumat rahbari“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iogann Kaspar fon Bothmer, Gannover elektoratining Bosh vaziri, Germaniya kantsriyasining boshligʻi va Jorj I va Jorj II ning maslahatchisi 1720-yilda rezidentlikni egallagan. Bothmer „binoning vayronagarchilik holati“ haqida shikoyat qilgan boʻlsa-da, 1732-yilda vafotigacha u yerda hayot kechirgan[8]. Graf fon Botmer britaniyalik boʻlmasa ham, u Jorj I va Jorj II ning sub’ekti va Dauning-strit 10da yashovchi birinchi siyosatchi va hukumat boshligʻi boʻlgan[9].

Ser Robert Walpole orqa uy va ikki Dauning Street uylarini Jorj II sovgʻa sifatida qabul qilgan.

„Keng, noqulay uy“: 1735-1902

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uolpol 1742-yilgacha qarorgohda yashagan. 1735-yildan 1902-yilgacha boʻlgan 31 ta lordlardan faqat 16 tasi (shu jumladan Uolpol) aynan shu qarorgohda yashagan[10].

Tiklanish va tan olish: 1902-1960

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1902-yilda lord Solsberi nafaqaga chiqqanida, uning jiyani Artur Jeyms Balfur Bosh vazir boʻlgan.

1990 yildan — hozirgi kungacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil fevral oyida IRA minomyot hujumi zararni (asosan bogʻ va tashqi devorlarga) tuzatish va xavfsizlikni yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilgan. 1993-yil yozida derazalar qayta taʼmirlangan va 1995-yilda kompyuter kabellari oʻrnatilgan. 1997-yilda bino Bosh vazirning sezilarli darajada koʻpaygan xodimlari uchun qoʻshimcha joy ajratish uchun qayta taʼmirlangan[11].

Hozirgi Downing Street 10

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dauning-stritdagi 10-uyning hozirgi ijarachisi moliya kansleri Rishi Sunak edi — ammo 2022-yil 5-iyulda isteʼfoga chiqqanidan keyin rasmiy rezident hozircha aniq emas.

Old eshik va kirish zali

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bosh vazir Gordon Braun va AQSh Prezidenti Barak Obama ustunli xonada, 2009-yil

Eng kattasi 1796-yilda Teylor tomonidan yaratilgan deb taxmin qilingan ustunli xona. Balandligi 37 fut (11 m) uzunligi 28 fut (8.5 m) hisoblanadi.Bugungi kunda kamin ustida qirolicha Yelizaveta I portreti mavjud. Tetcher vazirligi davrida (1979-1990) u yerda Romni tomonidan Uilyam Pittning portreti osilib turgan.


  1. „First Lord of the Treasury - GOV.UK“ (en). www.gov.uk. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  2. „10 Surprising facts about Number 10 Downing Street“. BBC (2020).
  3. Jones, in letter from Margaret Thatcher used as a preface to the book.
  4. See Cabinet Office letter dated 9 October 2018 in response to Freedom of Information request of 11 September 2018
  5. Bolitho, pp. 16-21.
  6. Jones, pp. 24-32.
  7. Feely, pp. 17-31.
  8. Minney, p. 33.
  9. „No. 10, Downing Street | British History Online“. www.british-history.ac.uk. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  10. Jones, p. 51.
  11. Seldon, p. 37.