Kontent qismiga oʻtish

1-mart harakatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1-mart kuni Janubiy Koreyadagi namoyish

1-mart harakati yoki Samil harakati ( kor. 삼일운동?, 三一運動?) Yaponiya hukmronligi davridagi eng birinchi milliy koreys ozodlik harakatlaridan biridir. Bu harakat 1919 yil 1 martda sodir bo'lganligi uchun ham shunday nom olgan.

Harakatning kelib chiqish tarixi va 1918 yil yanvar oyida AQSh prezidenti Vudro Vilson tomonidan mustamlaka xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi to‘g‘risidagi “O'n to‘rt nuqta” nomli dasturini e’lon qilishi bilan bog‘liq.  Ushbu e'londan so‘ng Tokioda tahsil olayotgan koreyalik talabalar Koreya mustaqilligi haqidagi talablarini ommaga e’lon qilishdi. Bu haqdagi xabar Koreyaga yetib borgach, Cheondogyo, Buddizm va Xristianlik vakillari hamda Son Byon Xidan ishtirokidagi iborat yashirin qo‘mita tuziladi. Bu qo‘mita Yaponiya hukumatini ag‘darish uchun yashirin rejalar ishlab chiqadi.

Qo‘zg‘olonni sobiq imperator Kojongning dafn marosimidan ikki kun oldin boshlashga qaror qilinadi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari nazdida, bu dafn marosimi nafaqat Choson sulolasini, balki mustaqillikning so‘nggi timsolining ham yakuni edi.

1-mart kuni soat 14:00 da Samil harakatining asoschilaridan tashkil topgan 33 nafar koreys vatanparvarlari Tehvagvan restoranida yig‘ilishadi ( koreyscha: 태화관 ) va koreyalik tarixchi va yozuvchi Choi Namseong mustaqillik deklaratsiyasini o‘qib beradi. Uchrashuv dastlab Keijo shahar markazidagi “Bahor bog‘i”da o‘tkazilishi kerak edi, ammo  bu qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zgartiriladi. Harakat yetakchilari hujjatni imzolab, uning nusxasini Yaponiya general-gubernatori Xasegava Yoshimichiga yuborishadi. Shundan so‘ng ular politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z qilmishlari haqida xabar berishgan, so‘ng ular hibsga olingan.

Harakat yetakchilari tomonidan ko‘rilgan ehtiyot choralariga qaramay, u tezda  bostiriladi. Bahor bog‘iga olomon to‘planadi, ularning oldida deklaratsiya matni o‘qiladi. Shundan so‘ng olomon Seul ko‘chalari bo‘ylab namoyish uyushtiriladi, uni yapon politsiyasi tarqatib yubordi, natijada mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, bir necha ming kishi jarohatlandi. 47 mingga yaqin odam hibsga olindi.

Yaponlar tomonidan 1-mart kuni namoyishining bostirilishi

Shu bilan birga, deklaratsiya matni bir vaqtning o‘zida mamlakatning boshqa shaharlarida ham o‘qilgan, ammo bu harakat yapon politsiyasi tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan.


Biroq norozilik namoyishlari o‘z samarasini bermadi. Politsiya va jandarmeriyaga yordam berish uchun yapon armiyasi jalb qilindi.

Mart oyi oxirida Yaponiya rasmiylari namoyishlarni bostirishda 553 kishi halok bo‘lgan, 12 ming kishi hibsga olinganini ma’lum qilgan edi. Koreya manbalarida raqamlar borasida farq juda katta.

Qo‘zg‘olon bir yil davomida bostirildi. Unda 2 millionga yaqin koreyslar ishtirok etdi. Davlat miqyosida 1500 dan ortiq namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 7 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. [1] .

Bu harakatlar xalqaro miqyosda e‘tiborga olinmadi, natijada Koreya milliy  ozodlik harakati yaponlarga qarshi kurashda o‘z kuchlariga tayanish zarurligini anglab yetishdi.

1-mart harakatining natijalaridan biri Yaponiya imperatorlik siyosatining o‘zgarishi edi. Kuchli bosim ostidagi boshqaruv siyosatini samarasizligini anglagan holda hamda  xalqaro hamjamiyat nazarida yaxshi taasurot qoldirish maqsadida, yangi general-gubernator Saito Makoto “madaniy boshqaruv” siyosatini amalga oshiradi. Bu siyosat xususan, senzurani susayishi  va koreys tilida xususiy bosma mahsulotlarni chop etishga ruxsatnomalar berishda o‘z aksini topdi.

2018-yil 3-iyulda Koreya Respublikasining  Prezidenti Mun Chje In 1-mart kuni Koreyaning yapon mustamlakasiga qarshi milliy ozodlik harakatining 100 yilligi munosabati bilan KXDR bilan qo‘shma tadbirlar o‘tkazishni taklif qildi.

  1. „March First Movement (Korean history) — Encyclopedia Britannica“. 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 14-iyun.
  • Kamings, Bryus, Koreyaning quyoshdagi o'rni: zamonaviy tarix. Nyu-York: WN Norton and Company, 1997 yil.