Kito
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kito — Ekvadorning poytaxti. Pichincha vulkanining janubiy yon bagʻrida, 2818 m balandlikda joylashgan. Pichincha provinsiyasining maʼmuriy markazi. Iqlimi ekvatorial, baland togʻ iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 25°. Yillik yogʻin 1100–1200 mm. Aholisi 1,4 mln. kishi (1995).
K.ga indeyslarning qad. shahri oʻrnida 1534-yilda ispan konkistadori S.Belalkasar asos solgan va oʻsha davrdan mustamlaka markazi boʻlgan. 1822-yildan Buyuk Kolumbiya tarkibida. 1830-yildan Ekvador Respublikasi poytaxti. K. 1797, 1859-yillardagi zilziladan katta zarar koʻrgan.
K. — mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi. Transport yoʻli va shosse yoʻllar orqali And vodiysidagi eng yirik shaharlar va Tinch okean sohili bilan bogʻlangan. Panamerika shossesi K.ni Bogota (Kolumbiya) va Lima (Peru) shaharlari bilan bogʻlaydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. K.da toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, koʻn poyabzal, mebel, keramika, kimyo-farmatsevtika, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zargarlik va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Meʼmoriy yodgorliklardan Hukumat saroyi (1747), sobor, La-Kompaniya cherkovi, maydonlar va boshqa saqlangan. Markaziy va Katolik universitetlari, Politexnika maktabi, kollej, pedagogika instituti, Ekvador Fanlar akademiyasi, tibbiyot, musiqa, harbiy akademiyalar, ilmiy jamiyatlar, Milliy teatr, muzeylar, yirik kutubxo-nalar, rasadxona, botaniqa bogʻi va boshqa bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |